Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Saken Polatov Osiyoda boksni rivojlantirish fondi raisi etib tayinlandi

Saken Polatov Osiyoda boksni rivojlantirish fondi raisi etib tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Osiyo boks konfederasiyasi prezidenti Anas Alotayba tashkilotda rasman yangi Fond - Osiyoda boksni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganini ma’lum qildi. E’tiborlisi, ushbu fondga aynan o‘zbekistonlik mutaxassis rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov ushbu fond rahbari etib tayinlandi.

ASBC (Osiyo boks konfederasiyasi)  rahbari ushbu tashkilot tuzilganini e’lon qilar ekan, Osiyoda boksni yanada rivojlantirish borasida uzoq muddatlik strategiya ishlab chiqilganini aytdi.

Kelasi yili ASBC byudjetida yangi Fond uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ ajratiladi. Ushbu pul qit’amizda boksi rivojlanayotgan mamlakatlar milliy federasiyalariga ajratiladi.

Osiyo boks konfederasiyasi Fond so‘roviga asosan, bunday mamlakatlarni boks uchun zarur bo‘lgan anjomlar, ta’lim kurslari, logistika masalalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydi.

Fond komissiyasi tarkibida hamyurtimizga besh nafar mintaqaviy vise-prezident ham tayinlangan. Unga ko‘ra, fond rahbariyati tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Saken Polatov (O‘zbekiston) - Osiyo boks konfederasiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi.

Edgar Pikson (Filippin) - Osiyo boks konfederasiyasi Ijroqo‘m a’zosi, Fond raisi o‘rinbosari

Favzi Asafra (Falastin) - Falastin boks federasiyasi prezidenti

Raj Kumar Sacheti (Hindiston) - Hindiston boks federasiyasi ijrochi direktori, ASBC prezidenti maslahatchisi

Billi Vong (Makao) - Makao boks federasiyasi vakili

Hamyurtimiz o‘z bilim va malakasi evaziga endilikda nafaqat O‘zbekiston, balki qit’amiz boksi rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadigan bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, Saken Jetibayevichga yangi mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar, omadlar tilaymiz.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 21:45, 20.12.2020.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.