Sky Sports portalining ma’lum qilishicha, sobiq «shaharliklar» futbolchisi Mayk Richards Grilish bilan uchrashib olgan va futbolchining jamoasini tark etishi kerakligini aytgan.
«Aston Villa» Grilish darajasidagi klub emas. U yerda o‘sish uchun muhit yo‘q. Men uning Angliya safidagi o‘yinlarini ham ko‘rdim, barchasi ideal. U agar «MYU» taklifini rad etsa, qattiq adashadi", - deydi Richards.
Eslatib o‘tamiz, Grilish joriy mavsum APLda 12 ta o‘yinda 6+6 natijani qayd etgan.