«Manchester Siti» klubining ikki futbolchisi Gabriel Jezus va Kayl Uoker koronavirusga topshirgan 2ta test musbat natija berdi.
COVID-19 infeksiyasi, shuningdek, jamoaning ikki xodimidam ham aniqlandi. Zararlangan karantinga olindi.
Jezus va Uoker, katta ehtimol bilan, Premyer-liga doirasida «Nyukasl», «Everton» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Ular Angliya liga kubogi yarim final bosqichi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yingacha safga qaytishadi.