Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Kroyfdan - Gvardiolgacha! «Barselona» tarixidagi eng kuchli jamoalar (Top 10)

Kroyfdan - Gvardiolgacha! «Barselona» tarixidagi eng kuchli jamoalar (Top 10)

Baho:
+ | -

Bugungi «Barselona» jamoasi Kataloniya klubi tarixidagi eng kuchsizi desak, adashmagan bo‘lamiz. Taniqli FourFourTwo nashri ushbu klub tarixidagi eng kuchli jamoani aniqlashga urinib ko‘rdi. Ular klub tarixidagi eng kuchli 7 ta davrni, 7 ta tarkibni va 7 ta jamoani yodga olishdi. 

7 o‘rin. «Barselona» 1973/74. Mora – Olmo, Kostas, De la Krus, Torres – Xuan Karlos, Reksach, Neeskens – Kroyf, Sotil, Pina.

Aynan shu yildan boshlab, «Barselona» o‘zining falsafasiga ega bo‘lishni boshlagan. Kroyf kelgach, klub to‘pni ko‘proq nazorat qilish uslubiga o‘tadi va deyarli 50 yil bu uslubga sodiq qoladi. Aynan shu mavsumda Kroyf o‘zining Kataloniyadagi debyutini o‘tkazadi va jamoani Chempionlik sari yetaklaydi. Ayniqsa, «Real» ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alaba muxlislar yodida uzoq vaqt saqlanib qolgani aniq. 

6 o‘rin. «Barselona» 1998/99. Xesp – Ferrer, Reysiger, Nadal, Bogarde — Koku, Gvardiola, Luis Enrike – Figu, Klyuyvert, Rivaldo.

Kroyfning izdoshi sifatida e’tirof etilgan Lui Van Gapl jamoa tepasiga kelganida, ko‘pchilik yangi davr boshlanishini taxmin qilgan edi. Lui ishni o‘zi futbolchilarini jamoaga olib kelishdan boshladi. Keyin bu tarkib ishga tushib ketdi.

Rivaldo boshchiligidagi jamoa ikki marotaba Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoaning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini ko‘plab mutaxassislarda iliq taassurot qoldirdi. Hatto, Rivaldo o‘sha yili «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rildi. Umuman olganda, bu davrni klub tarixidagi eng yaxshilaridan biri deb aytishimiz mumkin.

5 o‘rin. «Barselona» 2004-06. Valdes – Oleger, Markes, Puyol, van Bronkxorst – Deku, Edmilson, van Bommel – Jyuli, Eto'O, Ronaldinyo.

Frank Reykard jamoani qabul qilib olganda, undan katta g‘alabalarni hech kim kutmagan edi. Murabbiy barchasini Ronaldinyoning atrofida qurishga qaror qildi. Braziliyalik futbolchi atrofida shakllangan jamoa tezda o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Ular uzoq yillardan beri xalqaro sovrinlarsiz qolib ketgan «Barselona»ga Yevropa chempionlar ligasi oltin medallarini olib berishdi. Ronaldinyo «oltin to‘p»ga ega chiqdi. Jamoa qisqa muddat birga bo‘lgan bo‘lsada, sayyoramizdagi eng kuchlisiga aylana oldi.

4 o‘rin. «Barselona» 2014/15. Ter Shtegen – Alves, Maskerano, Pike, Alba – Rakitich, Buskets, Inesta – Messi, Suares, Neymar.

2015 yilga kelib, «Barselona» katta sovrinlarsiz qolib ketayotgan edi. Tarkibda Messi bo‘lishiga qaramay, Gvardiolaning yo‘qligi jamoaga pand berayotgan edi. Luis Enrike kelgach, klub hujum chizig‘ida Neymar, Messi va Suares uchligi paydo bo‘ldi.

Bu yigitlar birgalikda bir mavsum davomida 122 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. «Barselona» esa, Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Bu hujum chizig‘ini hali-hamon klub tarixidagi eng kuchlisi deb hisoblashadi!

3 o‘rin. «Barselona» 1990-94. Subisaretta – Ferrer, Nando, Xuan Karlos – Eusebio, Kuman, Gvardiola, Bakero – Salinas, Stoichkov, Laudrup.

Bu jamoa klub tarixidan muqim o‘rin egallagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Kroyf murabbiy sifatida jamoaga kelgach, futbol olamida inqilobni amalga oshiradi. U jamoani gibrid sxemada to‘p surishga o‘rgatadi.

Ishga yangicha yondashuv, tezda katta natijalar olib keladi. Kroyf nafaqat kuchli jamoani, balki butun boshli o‘yin uslubini yuzga keltiradi. Aynan shu jamoa «Barselona»ning DNKasini hosil qilgan.

2 o‘rin. «Barselona» 2008/09. Valdes – Puyol, Ture, Pike, Silvinyo – Xavi, Buskets, Inyesta – Messi, Eto'O, Anri.

Pep «Barselona»ga Reykardning o‘rnini egallash uchun tashrif buyuradi. U tarkibni ancha yangilaydi va ikki yil davomida o‘z falsafasini futbolchilarga uqtirishga harakat qiladi. U Rahbariyat bilan janjallashib bo‘lsada, Leoni Pekindagi Olimpiadada ishtirok etishini ta’minlaydi. Messi Xitoydan olimpiyada oltin medallari bilan qaytgach, uni jamoaning asosiy figurasiga aylantiradi.

Murabbiy argentinalik bolakayning imkoniyatlariga shu qadar ishonch bildiradiki, hatto Ronaldinyo va Dekularni qo‘yib yuboradi. Maydon markazini esa, Buskets, Xavi va Inyestalarga topshiradi. Bunday keskin qarorlar tezda o‘zini oqladi. Jamoa 2009 yilda YECHLda zafar quchadi va sayyoramizning eng kuchli klublaridan biriga aylanadi.

1 o‘rin. «Barselona» 2010/11. Valdes – Alves, Maskerano, Pike, Abidal – Xavi, Buskets, Inesta – Messi, Vilya, Pedro.

Messining asosiy figuraga aylanishi o‘zini to‘liq oqlagach, Pep g‘oyalarini yangi darajaga olib chiqish maqsadida to‘liq to‘p nazoratini qo‘lga oladi. Anri, Markes, Ture, Gleb, Gudyonson va Silvinolarga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuboriladi.

Oldingi chiziqni kuchaytirish maqsadida David Vilya taklif etiladi. Buskets to‘liq tayanchzonasiga o‘tkaziladi. Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan katta o‘zgarishlar o‘z samarasini bermay qolmaydi. Klub «La Liga»ning 16 ta o‘yinida ketma-ket g‘alaba qozonadi. Hatto, «Real»ni 5:0 hisobida taslim etadi. Keyin YECHL finalida «Manchester Yunayted»ga hech qanday imkon qoldirilmaydi. 

O‘sha finaldan so‘ng, Ser Aleks Messi va Pepni o‘zi ko‘rgan eng kuchli futbolchi va murabbiy deb ataydi. Aynan shu «Barselona» klub falsafasini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqqani bilan boshqalardan ajralib turadi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: FourFourTwo
Kiritildi: 14:03, 26.12.2020.
O'qildi: 4170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.