Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Aziza Umarova AQSHga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida: «Endi unga hech qanday federasiya to‘sqinlik qilolmaydi»

Aziza Umarova AQSHga yo‘l olgan grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova haqida: «Endi unga hech qanday federasiya to‘sqinlik qilolmaydi»

Baho:
+ | -1

Bloger Aziza Umarova AQSH shaxmat federasiyasi a’zosiga aylangan Gulruhbegim Tohirjonova borasidagi xabarlar fonida opa-singil grossmeysterlar Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar tarixi haqida fikr yuritdi.

Men uch opa-singilni anchadan buyon bilaman va biz o‘rtancha qiz Hulkar Tohirjonova bilan birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marta shaxmatchi qizlar orasida ochiq chempionat o‘tkazishga ham ulgurganmiz.

Tasavvur qiling, Qo‘qondagi oddiy oilada uch nafar qiz farzand dunyoga keladi. Uchala qizni ham ajoyib ota shaxmatga o‘rgatadi, keyin to‘garakdagi murabbiylarga olib boradi. Qizlar shaxmatdan tashqari musiqa, ingliz tili bilan shug‘ullanadi. Oilaning kattalari ularni barcha jabhada qo‘llab-quvvatlaydi.

Qizlarning kattasi — Nafisa xalqaro grossmeyster maqomini olgan ilk o‘zbekistonlik ayolga aylanadi. Mavjud bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonadi. O‘z vaqtida Islom Karimov (O‘zbekistonning birinchi Prezidenti — izoh «Daryo») unga Apple kompyuterini topshirgandi.

Qizlarning otasi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, u qizlarining murabbiylar va xalqaro musobaqalar uchun ketadigan xarajatlarini hamma vaqt qoplagan. Bu uch sportchiga oz bo‘lmagan miqdorda pul sarflagan. Shaxmat federasiyasi rahbarida ham qiz farzand bor, u ham shaxmat musobaqalarida qatnashadi. Biroq har doim opa-singillarga mag‘lub bo‘ladi. Shundan federasiya va opa-singillar o‘rtasidagi munosabat u qadar yaxshi emasdi.

Nafisa 2007 yilda hududiy musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Bu uni 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida 2008 yilgi Osiyo chempionati va 2010 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi bronza medallariga yetaklaydi.

Federasiya bilan keskin munosabat 2014 yilda — uchala opa-singil (o‘sha vaqtda sport ustasi maqomini olishga ulgurgan Gulruhbegim ham) reyting bo‘yicha Olimpiada terma jamoasi a’zosiga aylanganda o‘zining cho‘qqisiga chiqadi.

Mamlakatning birinchi raqamli shaxmatchisi nima bo‘lgan taqdirda ham qatnashar edi, biroq qolgan ikki singilga ruxsat berilmadi. Uchala qizdan faqat bir nafari bora olishi aytiladi. Shaxmatchilarning yuqori reytingiga qaramay federasiya shu qarorni qabul qiladi. Bunaqasi hech qaysi qoidalarda yozilmagan va aniq tushuntirish berilmagan. Opa-singillar bu adolatsiz qarorga qarshi chiqadi va o‘z kuchlarini barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun ochiq ravishda qo‘shimcha o‘yin tashkil qilishni taklif qiladi. Federasiya rad etadi. Oxir-oqibatda uchala opa-singil ham ishtirok etishdan bosh tortadi. Sababi ular O‘zbekiston terma jamoasida birga dona surishni butun umr orzu qilgandi.

Qizlar keyingi barcha yillarda turli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kenja qiz — Gulruhbegim hatto Jahon chempionati yarim finaliga qadar yetib bordi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol shaxmatchi bu natijani qayd etdi! Siz uni Toshkentda muxlislar to‘dasi kutib oldi deb o‘ylaysizmi? Uni hech kim kutib olmadi, avtomobil kalitini gapirmay qo‘ya qolay, hatto bir dastda gul ham berilmadi. Uning muvaffaqiyatlari har doim e’tiborsiz qolardi, balki bunga federasiyaning «sa’y-harakatlari» sabab bo‘lgandir.

Gulruhbegim AQSHda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. U yerda uning mashg‘ulotlari, klubdagi faoliyati uchun ketgan barcha xarajatlari qoplab berilmoqda. Unga hech qanday federasiya xalal berolmaydi. Hech qanday qiziqishlar to‘qnashuvi bo‘lmaydi. Unda g‘alabalar sari borish uchun yaxshiroq sharoit bor.

Bizda bu kabi iqtidorli qizlarni qadrlamasliklaridan afsusdaman. Biroq bu ajoyib shaxmatchilar qachonlardir Qo‘qondagi oddiy o‘zbek oilasida tug‘ilganidan cheksiz faxrdaman. Ular qayerda sovrinli o‘rinlarni egallamasin, o‘zbek bo‘lib qoladi. Qolgani — sport funksionerlarining aybi. Ota esa — tilla odam.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar! Siz millatimiz g‘ururisiz.

Aziza Umarov, bloger.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:31, 28.12.2020.
O'qildi: 9150 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.