Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Afsonalar qarorgohi

Afsonalar qarorgohi

Baho:
+ | -

Ser Bobbi Charlton bu stadionni erkalab «Orzular teatri» deb atagan edi. O‘sha kundan boshlab bu arena shunday nomlana boshlandi. Bugun sezganingizdek, «Old Trafford» haqida so‘z boradi…

Tarixi

1910 – yilda o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazgan «Old Trafford» stadioni o‘sha davrlarda o‘z bag‘riga 80 ming muxlisni sig‘dira olar edi. Bu stadiondagi ilk uchrashuvda mezbonlar o‘zlarining keyinchalik abadiy raqibiga aylanadigan «Liverpul»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 3 : 4 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Eng qizig‘i shundaki, o‘sha mavsumda «Manchester Yunayted» klubi boshqa mag‘lubiyatga uchramaydi. Avvaliga stadion 100 muxlisga mo‘ljallangan edi, biroq quruvchilar muxlislar va jurnalistlar uchun qulay bo‘lishi uchun stadion sig‘imini kamaytirish orqali bir nechta bufetlarni stadion chizmasiga joylashtirishadi. Stadion ochilishida ishtirok etgan bir jurnalist «Old Trafford» haqida quyidagilarni yozib qoldirgan edi : «Men Britaniya va Yevropadagi barcha muhtasham arenalarda bo‘lganman, lekin hech qaysi stadion meni «Old Trafford» singari hayratda qoldirmagan edi. Bu oddiy, ixcham va juda qulay arena, aynan miriqib futbol tomosha qilish uchun yaratilgandek!”

Stadion haqida ma’lumot to‘plagan chog‘imda bir arxitektorning stadion haqida yozgan maqolasini o‘qib chiqdim. Unda shunday yozilgan edi : “1910 yilda ishga tushgan «Old Trafford» o‘z doirasidan 10 yilga ilgarilab ketgan edi»

Bu stadion 1923 yilga qadar terma jamoaning uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi stadion sifatida ham xizmat qilgani e’tiborga molik.

Birinchi jahon urushi chog‘ida Britaniyada futbol uchrashuvlari to‘xtatilgan bo‘lsada, stadion Lankshir shahri uchun musobaqalarda xizmat qilishdan to‘xtamadi. Birinchi jahon urushida klub futbolchisi Sendi Trenbull Britaniya armiyasi safida 1917- yilda jang paytida olamdan o‘tadi. Futbolchining nomi stadion tarixiga yozilgan kitobda oltin harflar bilan bitilgan.

Qayta – qayta qurish

1936 – yilda stadionning «Yunayted roud» sektori (Hozirda Aleks Fergyuson sektori deb nomlanadi) ustiga 73 metrlik tom o‘rnatiladi. Bu Angliya stadionlari tarixidagi birinchi stadionga o‘rnatilgan tom bo‘lib, 1938 – yilda stadionning janubiy sektorlari ustini ham tom bilan to‘liq yopishadi.

1939 – yil 25 – mart kuni stadion o‘z bag‘riga 76 962 muxlisni sig‘diradi va o‘sha davrlar uchun mutlaq rekord o‘rnatadi. O‘sha davrlarda stadionning katta qismi uchrashuvlarni turib tomosha qilish uchun mo‘ljallangan edi.

Ikkinchi jahon urushi davrida 1941 – yil 11 mart kuni nemis aviasiyasi stadionga katta talofat yetkazadi. Snaryadlardan biri stadionning markaziy sektorining yarmini mutlaq yo‘q qilib yuboradi.

Urushdan so‘ng stadion 1949 – yilga qadar yopiladi. Bu orada stadion rahbarlari ofis ochib davlatdan qayta ta’mirlash uchun pul undirish harakatlarni boshlab yuborishadi. Davlat stadionni tozalash va ta’mirlash uchungina pul ajratadi. Oqibatda stadionning sig‘imi biroz pasaydi.

Urushdan so‘ng stadion sekin asta o‘z qaddini tiklab bora boshladi. 1951 – 1955 – yillar oralig‘ida stadion nomini qayta tikladi va zamonaviy yoritish vositalarini o‘rnatdi. 1959 – yilga kelib stadionda vip sektorlar ochildi. Bu Britaniya futboli tarixidagi ilk vip sektorlar edi. Asta-sekinlik bilan o‘yinni o‘tirib ko‘rishni istaganlar ko‘paygani uchun stadion qayta -qayta ta’mirdan chiqa boshladi.

1964 – yilda arxitektor Aterden Fuler stadionni to‘liq ta’mirdan chiqardi. Yangi stadionga kelgan muxlislarning 90 foizi o‘yinni o‘tirib tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Arxitektor muxlislarning iltimosiga binoan ikkita qarama – qarshi sektorlarni turib tomosha qilich uchun qoldiradi. Shunday bo‘lsada, 1966 – yildagi JCH oldidan stadion qayta ta’mirlanadi va to‘liq o‘tirib o‘yin tomosha qilishga mo‘ljallangan zamonaviy arenaga aylanadi.

1973 – yilda stadionning hamma sektorlari to‘liq tom bilan qoplanadi va u juda hashamatli ko‘rinish oladi. Shu bilan birgalikda qo‘shimcha 5, 500 o‘rin bunyod etiladi. Shuningdek, o‘sha yili stadionning shimoli-sharqiy hududiga elektron tablo o‘rnatiladi. 1975 – yilda esa klub o‘z stadionini qayta ta’mirdan chiqishi uchun 3 million funt sterling ajratadi. Bu o‘sha davrlar uchun «dahshatli» summa edi. Bu pullarga stadion qayta ta’mirlanadi va unga restoran va boshqaruv korpusi bunyod etiladi. Bundan tashqari tribunalar va maydon o‘rtasidagi masofa qisqartiriladi. 1980 – yillarga kelib maydon sig‘imi kamaygan bo‘lsa, 90 – yillarga kelib 60 mingdan ham tushib ketadi.

2000 yilga kelib stadionni kengaytirish ishlari boshlanadi. Avvaliga qo‘shimcha tribunalar qurilgan bo‘lsa, g‘arbiy tribunalarning qayta ta’mirlanishi evaziga stadionning umumiy sig‘imi 68 217 ga yetadi. Qayta ta’mirdan chiqqan stadion 2003 – yilda o‘zining ilk YECHL finalini qabul qilgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.

2010 – yilning 19 –fevral sanasida stadion o‘zining 100 yillik to‘yini nishonladi. O‘sha kuni bayramni jamoaning faxriy darvozaboni Djek Krompton va jamoaning ijrochi direktori Devid Gill ochib bergan edi.

Ertaklar teatri

Hozirgi zamonaviy «Old Trafford» Britaniyadagi ikkinchi raqamli stadion sifatida tan olingan. Hozirda u o‘z bag‘riga 76 mingdan ko‘proq muxlisni sig‘dira oladi. Bundan tashqari UYEFA va FIFA bu stadionni o‘zining besh yulduzli stadionlari qatoriga qo‘shgan. Bu ro‘yxat juda tor ekanligini hisobga olsak, «Old Trafford» yer yuzidagi kamyob stadionlar qatorida ekanligini ayon bo‘ladi.

Hozirgi «Old Trafford»ning g‘arbiy sektori «Yunayted Roud»da jamoaning ashaddiy muxlislari jamlanadi. Bu sektor o‘z bag‘riga 26 ming muxlisni sig‘dira oladi. Bundan tashqari bu sektor o‘yin davomida shunday shovqin ko‘taradiki, ularning shovqini «Boing 747«nikidan ancha baland yangraydi. Chinakam «Orzular teatri» dasak, adashmagan bo‘lamiz.

Shuningdek, bu tribunadagi muxlislar shu kunga qadar faqat ikkita futbolchinigina o‘z saflariga qo‘shib olishgan. Bu futbolchilardan biri Dennis Lou bo‘lsa, ikkinchisi Erik Kontana !

Bu stadion qanchalar zamonaviy, qanchalar ko‘rkam bo‘lmasin unga fayz berib turadigan narsa bu «Manchester Yunayted» jamoasining o‘yinlaridir. Bu buyuk klub o‘z uy uchrashuvlarini shu stadionda o‘tkazgani uchun ham o‘zi bilmagan holda stadionni ham buyukka aylantirgan. Yer yuzidagi bu stadionda uchrashuv tomosha qilishni orzu qilmaydigan muxlisning o‘zi bo‘lmasa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 28.12.2020.
O'qildi: 8150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.