Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Navbahor» ilk o‘rtoqlik bahsida g‘alaba qozondi

«Navbahor» ilk o‘rtoqlik bahsida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida "Navbahor" klubi bu yilgi ilk o‘rtoqlik bahsini Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

"Navbahor" murabbiylari mazkur o‘rtoqlik uchrashuvining 1-bo‘limida tajribali futbolchilarni maydonga tushirishgan bo‘lsa, 2-bo‘limda bir qator yoshlar, shuningdek, ko‘rikdan o‘tayotgan o‘yinchilarni tushirishdi.

Mazkur o‘yinni Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov ham bevosita stadion tribunasida kuzatdi.

Uchrashuv borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘yin ancha keskin kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo‘limda tashabbus ko‘proq mezbonlar tarafida bo‘lsa-da, hujumlar yakuniga yetmadi.

Tanaffusdan keyin har ikki jamoa a’zolari qiziqarli o‘yin namoyish etishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 89-daqiqada urildi. O‘sha vaziyatda Sherzod G‘ulomjonov burchak zarbasini amalga oshirib, to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi. Orif Yusupov to‘pni boshi bilan andijonliklar darvozasiga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0. Mazkur gol esa “lochinlar”ga g‘alaba keltirdi.   

“Navbahor” navbatdagi nazorat-sinov bahsini yana “Andijon”ga qarshi 16 yanvar kuni o‘tkazadi.

O‘rtoqlik bahsi
“Navbahor” – “Andijon” – 1:0 (0:0)
Namangan. “Yosh kuch” stadioni. 150 tomoshabin.
Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Maksim Nexochin, Abdurahim Jabborov.
Gol: O.YUsupov (89).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboyev, Sardor Telyakov, Mirzohid G‘ofurov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islomxon Abdullaxonov, Ulug‘bek Egamberdiyev, Sherzod G‘ulomjonov, Samuel IliYE, Mirzohid Mirzamahmudov, Xushnudbek Avilov, Farhod Mirahmatov, Shahzodbek Hamidov, Bobur Mamajonov, Abdulhay Ismoilov, Jamoliddin Bahromov, Komil Tojiddinov, Doston Abdulahayev, Orif Yusupov, Abbos G‘ulomov, Husayn Ergashboyev.
“Andijon” (boshlang‘ich tarkib): Jasur Umirzoqov, Mirkomil Lokayev, Kamron Najafaliyev, Usmonali Ismonaliyev, Abduvohid G‘ulomov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Kamron Saidazimov, Farhod Sohibjonov, Sunnatilla Mamadaliyev, Jamshid Homidov.        

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:40, 13.01.2021.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик