Angliya chempionatining 19-turi doirasida «Lester» o‘z maydonida «Sautgempton»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi gol bahsning 37-daqiqasida urildi. Meddison o‘z imkoniyatidan samarali foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xarvi Barns yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «tulkilar» 35 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Sautgempton» esa 29 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
APL, 19-tur
Lester – Sautgempton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Meddison, 2:0 – 90 Barns.
Lester – Shmeyxel, Djastin, Evans, Fofana (Seyundjyu, 53), Kastan, Tilemans, Olbrayton, Meddison (Peres, 77), Ndidi, Barns, Vardi (Ixeanacho, 90).
Sautgempton – Makkarti, Bednarek, Stivens, Uoker-Piters, Bertran, Diallo (Valeri, 87), Smollboun (Nlundulu, 61), Uord-Prouz, Armstrong, Uolkott, Adams (Long, 72).
Ogohlantirishlar: Fofana (15), Diallo (44), Olbrayton (45), Bertran (59).