«Manchester Siti» rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida yozgi transfer paytida yirik miqdorda pul sarflashga tayyor. Bu haqda "The Telegraph" xabar tarqatdi.
Buning uchun Xosep Gvardiolaga 200 million funt sterling miqdorida pul ajratiladi. "Shaharliklar"ning asosiy maqsadlaridan biri — Serxio Agueroning o‘rnini uzoq vaqt mobaynida bosa oladigan hujumchi topish.
Bu maqsad yo‘lida «Siti» Darvin Nunyes («Benfika»), Erling Xoland («Borussiya» Dortmund) va Romelu Lukaku («Inter»)ni kuzatib bormoqda.
Shuningdek, "Man Siti" tayanch hududni kuchaytirish maqsadida yarim himoyachi qidirmoqda. Hozirda ushbu zonani "yopib" turgan Fernandinyoning klub bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Bundan tashqari, klub chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Manchester Siti» qishda transferlarni amalga oshirmoqchi emas.