Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati bugun jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, deya xabar tarqatmoqda The Telegraph.
Manbaning yozishiga qaraganda, bu haqda qaror qabul qilindi va yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinadi. Shu sababli, "Chelsi"ning bugun ertalabki mashg‘ulotlari bekor qilindi.