"Atalanta" hujumchisi Alexandro Gomes "Sevilya"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi 26 yanvar kuni Ispaniyaga keladi va u yerda "Sevilya" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz Gomes "Atalanta" bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan ziddiyatdan so‘ng klubni tark etishga qaror qilgan edi.