Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Lokomotiv”, “Qo‘qon-1912” va “Navbahor”dan milliy terma jamoagacha. Quvondiq Ro‘ziyev bilan katta intervyu

"Lokomotiv”, “Qo‘qon-1912” va “Navbahor”dan milliy terma jamoagacha. Quvondiq Ro‘ziyev bilan katta intervyu

Baho:
+ | -

Yurtimizda ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziyev bilan intervyu tashkillashtirdik.

Bilamiz, Jarqo‘rg‘ondan Ilhom Shomurodov, Bahodir Annamatov, Eldor Shomurodov, Quvondiq Ro‘ziyev kabi futbolchilar yetishib chiqqan. Keling suhbatimiz boshida o‘zingiz tug‘ilib o‘sgan joy va u yerdagi millionlar o‘yiniga nisbatan yaratilgan muhit haqida to‘htalib o‘tsangiz.

- Assalomu aleykum. Surxondaryodan avvaldan ajoyib futbolchilar yetishib chiqgan. Misol uchun Vali Keldiyev, aka-uka Bozorovlar, Annamatovlar, Ilhom Shomurodov, superligamizda to‘p surib kelayotgan Sardor Abduraimov, Italiyada o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, nomdor klublardan taklif olayotgan futbolchi va nafaqat Surxondaryo, balki o‘zbek futbolining yuzi deb ayta oladigan Eldor Shomurodovlarni misol qilib keltirish mumkin. Men Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sganman. 7 yoshimida dadamning ishlari Termiz shahriga ko‘chganligi sababli Tezrmizda yashay boshlaganmiz. Jarqo‘rg‘ondagi sharoitga keladigan bo‘lsak, poytaxt bilan solishtiganda juda ham qoniqarsiz deb ayta olaman. Surxandaryodagi sharoit futbol uchun va futbolchi yetishib chiqishi uchun hozirgacha mukammal tarzda rivojlanmagan.

Quvondiq Ro‘ziyevning bolalik davrlari qanday o‘tgan?

- Bolaligimda sariq kasali bilan og‘riganman. Kasallikning og‘irroq darajasini boshimdan o‘tkazganim va dadamning o‘zlari ham shifokor bo‘lganliklari uchun menga futbol o‘ynashni taqiqlab qo‘yishgan edi. Xattoki ko‘chadagi bolalar bilan ham o‘ynatishmas edi. Bu vaziyat 4-sinfni tamomlashimga qadar davom etgan. 5-sinfga o‘tish paytida bobom meni futbol internat maktabiga o‘qishga olib borganlar. U yerda 1 yil o‘qiganimdan keyin, o‘zimning qiziqishlarim tufayli “Paxtakor” akademiyasi va Respublika Olimpiya Zahiralari kollejiga ko‘rikdan o‘tish uchun Toshkentga kelganman. Allohga shukurlar bo‘lsinki, hammasi ijobiy yakunlangan va shu tariqa keyingi faoliyatim poytaxt bilan bog‘liq bo‘lib ketdi.

2014-2017 yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubiga tegishli bo‘lgansiz. 2015-yili ijara asosida vodiy klubida o‘ynadingiz. “Temiryo‘lchilar”dan ketishingizga sabab nima edi?

- O‘sha paytlar ichki chempionatimiz Oliy liga deb atalardi. Lokomotiv klubida debyut uchrashuvimni o‘tkazganman. 2014-yilgi mavsum ohirida og‘ir jarohat olib, “Loko” mashg‘ulotlarida va klubning xorijdagi o‘quv yig‘inlarida qatnasha olmagan edim. Individual tarzda shug‘ullanib yurganimda “Qo‘qon1912” jamoasidan menga taklif kelib tushdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, Rustam aka Abdullayev Vadim Karlenovich bilan telfon orqali suhbatlashib, meni Qo‘qonga olib ketishga ruhsat so‘raganlar. 2015-yili “Qo‘qon1912” jamoasi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Shunday qilib u yerda ijara asosida to‘p surdim.

“Qo‘qon1912” tarkibida nimaning hisobiga o‘sishga erisha oldingiz va u yerdagi faoliyatingizdan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

- Qo‘qonda o‘ynab ketish nisbatan osonroq. U yerda ajoyib kollektiv yig‘ilgan. Jamoadoshlarim bir-birlari bilan juda ham ahl va bir oiladek, aka-ukadek bo‘lib ketishgan.. Shuni evaziga ham “Qo‘qon” Jamoasiga kirishib ketish, o‘z o‘yinimni topish osonroq bo‘ldi. Qo‘qondagi faoliyatimga keladigan bo‘lsak, og‘ir kunlar bo‘ldi, shu bilan birga o‘ziga yarasha quvonchli kunlarni ham ko‘rdim. Misol uchun o‘tgan mavsum 5-o‘rinni qo‘lga kiritib, klub tarixida ikkinchi bor ushbu natijani takrorladik. Qo‘ldan kelganicha harakat qildik, chunki mavsum ohirida ko‘p futbolchilar jarohat olishgan edi, tarkibda 11-12 nafar asosiy futbolchilar bor edi halos.YUzaga kelgan yoqotishlarni ko‘proq o‘rin bosarlar tarkibi bilan to‘ldirishga harakat qilindi. Shuni hisobiga ham muhum uchrashuvlarda ochkolarni boy berib qo‘ydik deb o‘ylayman. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham bularning bari qaysidir ma’noda jamoaning o‘sishi uchun o‘z xissasini qo‘sha oldi. “Qo‘qon1912” jamoasidagi faoliyatimdan qoniqish hosil qila oldim deb ayta olaman. Chunki bu jamoa tarkibidagi o‘yinlarim tufayli terma jamoa darajasigacha yetib chiqdim va ozmi ko‘pmi terma jamoa libosini kiya oldim. Klub rahbariyatiga, murabbiylarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Chunki ularning yordamisiz bu darajaga yetib kela olmas edim. “Qo‘qon” klubining kelgusi ishlariga omad tilayman. O‘ylagan niyatlariga, maqsadlariga yetish nasib qilsin.

Negadir yurtimiz futbolida transferlar amalga oshirilsa, uning miqdori ommaga oshkor etilmaydi va sir tutiladi. Quvondiq Ro‘ziyevning “Qo‘qon1912” dan “Navbahor”ga ko‘chib o‘tishi necha pulga tushdi?

- Sir emaski, asosan futbolchilar jamoalar bilan bir yillik shartnomalar tuzishadi. Ular klubda o‘z o‘rnini topa olmagan bo‘lishi mumkin yoki boshqa kuchliroq jamoadan takliflar tushishi mumkin. O‘shani evaziga ko‘p futbolchilarnining bir jamoadan boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi tekinga tushadi, ya’ni transferlar amalga oshmaydi. Menda ham huddi shu holat. Odatda bir yillik shartnoma tuzardim, o‘tgan mavsum ham shunday qilgan edim. Yilni ohirida bir necha yaxshi jamoalardan takliflar tushdi. “Lokomotiv”ga o‘tib ketishim ham mumkin edi, lekin rahbariyat bilan gaplashganimda yana bir yil “Qo‘qon”da o‘ynab berishimni aytishdi. Shuning uchun “Temiryo‘lchilar” taklifini qabul qila olmadim. “Lokomotiv” klubiga taklif bilan chiqganligi uchun va qarorimni to‘g‘ri tushunganligi uchun rahmat aytmoqchiman. Oradan bir necha kun o‘tgach “Navbahor”dan taklif tushdi. Namanganliklarga “Qo‘qon” klubi rahbariyati bilan kelisha olishsagina “Lochinlar” tarkibida o‘ynay olishim mumkin ekanligini tushuntirdim. Ma’lum bir vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng “Navbahor” klubiga o‘tdim.

Kuni kecha “Navbahor”ning 10-raqamli futbolchisi Aziz Turg‘unboyev “Paxtakor” klubiga ko‘chib o‘tdi. Siz “Qo‘qon1912” tarkibida aynan shu raqamda to‘p surgansiz. Balki “Lochinlar” tarkibida ham 10-raqamda harakat qilarsiz?

- Azizning “Paxtakor” jamoasidagi faoliyatiga omad tilayman. OCHLda o‘zini har tomonlama ko‘rsatib Yevropa jamoalarida o‘ynash nasib qilsin. Raqamga keladigan bo‘lsak, to‘g‘ri, “Qo‘qon”da 10-raqam ostida to‘p surganman. Lekin “Navbahor”da qaysi raqamni tanlash haqida hali o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Hozir asosiy e’tiborimni futbolchilar bilan tezroq bir oila bo‘lish va mashg‘ulotlarni mukammal darajada qilish uchun qaratganman. Albatta hammasini vaqti keladi, rahbariyat bilan kelishgan holda o‘zimga mos raqamni tanlashga harakat qilaman.

“Navbahor”ning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday kechyapti va rahbariyat tomonidan qanday natijani qo‘lga kiritish talab qilinyapti?

- Yangi mavsumda hudo xohlasa jamoa oldiga Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun beriladigan yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Kuchli uchlikka kirishni maqsad qilganmiz. Albatta sharoitlar ham shunga yarasha yaratib berilmoqda. Hamma narsa o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida amalga oshirilyapti. Qishda ko‘p jamoalar suniy maydonlarda mashg‘ulot olib boradi, shunga qaramasdan rahbariyat tomonidan mashg‘ulotlarni tabiiy maydonda amalga oshirish uchun hamma ishlar qilinyapti. Undan tashqari, mehmonxonalar, oziq-ovqat borasida ham hech qanday muammolar yo‘q. Xorijda yig‘in o‘tkazishni rejalashtirganmiz. U yerda kuchli jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Shu orqali yangi mavsumni yuqori formada boshlashni maqsad qilganmiz. Hudo hohlasa rahbariyat yaratib berayotgan sharoitlarga javoban o‘z o‘yinlarimiz bilan ularni xursand qilish niyatidamiz.

Bugungi kunda milliy terma jamoamizda yuzaga kelgan raqobat anchagina kuchli. Oldimizda muhum o‘yinlar kutib turibdi. Agar terma jamoadan taklif olsangiz, o‘zaro raqobatda yutib chiqa olishingizga qanchalik ishonasiz?

- Ochig‘ini aytsam milliy terma jamoa haqida gapirishga men uchun hali biroz erta deb o‘ylayman. Milliy terma jamoa tarkibida adashmasam o‘rtoqlik o‘yinlaridan tashqari birgina rasmiy uchrashuvda ishtirok etganman halos. To‘g‘risini aytsam raqobatdan qo‘rqmayman, lekin bugungi kunda terma jamoamiz uchun markaziy yarim himoya chizig‘idagi nomzodlar asosan Superligamizdan kuchliroq bo‘lgan xorij chempionatlarida to‘p surib kelishmoqda. Yarim himoyamiz O‘zbekistonning eng kuchli chizig‘i hisoblanadi. Yaqqol misol Odil Ahmedov terma jamoamizning yuragi, yuzi. shuningdek Oston O‘runov, Ikrom Aliboyev, Jamshid Iskandarov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Aziz G‘aniyev kabi futbolchilarni ko‘rsatish mumkin. Shaxsiy fikrimni aytadigan bo‘lsam terma jamoadan taklif olishni o‘zi ham oson bo‘lmaydi.

Quvondiq Ro‘ziyevning o‘zi o‘ynagan futbolchilardan iborat bo‘lgan ramziy terma jamoasiga qaysi o‘yinchilar va murabbiylar kiradi?

Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: Chapda Aleksandr Mezlyakov , o‘ngda Murod Xolmuhammedov, markazda Islom To‘htaxo‘jayev
Yarim himoyachilar: Temur kapadze, Server Jeparov, Ikrom Aliboyev
Qanotlar: o‘ngda Javohir Siddiqov, chapda Jaloliddin Masharipov
Xujumchilar: Marat Bekmayev, Temurxo‘ja Abduholiqov
Bosh murabbiy: Meni o‘z farzandidek ko‘rib, menga yoshligimdan futbol sir asrorlarini o‘rgatib kelgan va hozirgacha o‘z maslahatlarini berib turadigan inson, bugungi kundagi “Surxon” jamoasi yordamchi murabbiyi Rustam aka Oripov

Suhbatimiz so‘ngida muhlislarga qanday tilaklaringiz bor va ular bu mavsumda sizdan nimalarni kuta olishadi?

Muxlislarga eng avvalo sihat-salomatlik tilayman. Barchamiz pandemiya davrida yashayapmiz. Shu sababli o‘zlarini va oila a’zolarini ehtiyot qilishlarini so‘rab qolaman. Bu yil nasib qilsa “Navbahor” jamoasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshiradi. Inshaalloh o‘z o‘yinimizga ishonamiz va muhlislarni ham ishontira olamiz. Yangi mavsumda o‘zimning yorqin harakatlarim bilan muhlislar kutgan o‘yinlarni namoyish qilish orqali ularning qalbidan chuqur o‘rin olishni asosiy maqsad qilib qo‘yganman. Bu yo‘lda ko‘proq mehnat qilib, muhlislar oldida va qolaversa rahbariyat oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishiga va’da beraman.

Ibrohim Jalolov suhbatlashdi

Kiritildi: 16:05, 31.01.2021.
O'qildi: 3872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.