Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston - Argentina. Matbuot anjumanidan o‘yinoldi fikar va savollarga javoblar

O‘zbekiston - Argentina. Matbuot anjumanidan o‘yinoldi fikar va savollarga javoblar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 2-3 fervral kunlari, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlar oldidan, Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda ikkala tomon vakillari o‘yinoldi, o‘z fikr mulohazalarini bildirgan holda jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Matias Raul Lyusyuks:

"O‘ylaymanki, bizni Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri bo‘lgan, O‘zbekiston termasiga qarshi ancha qiziqarli kechadigan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Ushbu qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ammo, ushbu ikki kun bizga yetarli bo‘ldi deb hisoblayman. Albattaki, bunday o‘yinlar Litvada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Shu sababli, biz Yevropaning kuchli chempionatlarida to‘p tepadigan futzalchilarimizni ham yig‘inga jalb qilishga harakat qildik. O‘ylaymanki, ikkala bahs ham tomoshabinlarga yoqadigan qiziqarli tarzda kechadi"

Bahodir Axmedov:

"Avvalo, mana shunday o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etayotganligi uchun UFA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Boisi, bunday darajadagi jamoaga qarshi o‘ynash bizga ancha yaxshi tajriba bo‘ladi. Tayyorgarlik borasida aytishim mumkinki, biz erta va indin bo‘lib o‘tadigan bahslarga juda yaxshi taraddud ko‘rdik. Yigitlarning barchasi yaxshi holatda. Ikkala to‘qnashuvda ham chiroyli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Albatta, bunga muxlislarning o‘zlari guvoh bo‘lishadi"

 

Bahodir Axmedovga savollar:

-Oldindagi o‘yinlarda ko‘proq tajribali futzalchilarni ko‘ramizmi, yoki yoshlarga e’tibor qaratiladimi?

"Albatta, yoshlarga ko‘proq imkoniyat beramiz. Chunki, bizda 2016 yilgi jahon chempionatida o‘ynaganlardan juda kamchilik qolgan. Bular ham bo‘lsa Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Javlon Anorov. Shu sababli ko‘proq yoshlarga e’tibor qaratamiz. Sababiki, bunday bahslar ularning tajriba orttirishiga va tezroq o‘sishiga turtki bo‘ladi. Aslida ham mana shunday o‘yinlarda yoshlarni sinab ko‘rish eng to‘g‘ri ish. Tajribali yigitlar yoshlarga faqat yordam berishmoqda. Xursand qiladigani, yosh futzalchilar ham kattalar bilan bir xil darajada o‘yin ko‘rsatishmoqda"

- Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish cizning tashabbusingiz edimi?

"Yuqorida ham aytib o‘tdim. Birinchi galda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Pandemiya vaziyatida ham Marokash, Eron kabi termalar bilan o‘ynadik. Bularning barchasi assosiasiya tomonidan tashkil etilmoqda"

-Osiyo chempionatining qoldirilishi milliy terma jamoamiz uchun qanchalik foydali bo‘ldi?

"Foyda yoki zarar bo‘lgani haqida aniq gap ayta olmayman. Aslida, dastlab Turkmanistonda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ushbu turnir bir necha marotaba qoldirilgan bo‘lsada, biz har doim yaxshi tayyorgarlikda bo‘ldik. Biroq, hozir ham yigitlarning sport formasi ko‘ngildagidek deyishim mumkin. Ammo, baribir turnirning qoldirilgani men uchun yaxshi bo‘lmadi"

- 2016 yilgi Jahon chempionati termamizning hozircha, eng yaxshi natijasi bo‘lib qolmoqda. O‘shanda tarkibda yetarlicha kuchli va tajribali futzalchilar bor edi. Nima deb o‘ylaysiz, mundialdagi tarkib kuchliroqmi yoki hozirgi
yigitlardan bundan ham ko‘prog‘ini kutish mumkinmi?

"Albatta, har bir davr avlodining turfa xil kuchli tomonlari bo‘ladi. Qo‘l ostimdagi tarkibning ustun tarafi bizda yoshlarning ko‘pligidadir. Har birining kuchli jihatini albatta, topsa bo‘ladi. Har bir avlodni o‘ziga yarasha kuchli tomoni bo‘ladi"

-Jahon chempioni maqomidagi Argentina haqida nima deya olasiz? Raqibning qaysi jihatlariga ko‘proq etibor qaratish kerak?

"Argentina juda ham sabrli jamoa. Bizga muammo tug‘diradigan alohida jihat bu ularning darvozaboni. Chunki u o‘ta murakkab vaziyatda ham o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoladi. Maydondagi futzalchilar esa, murabbiyning aytganlarini so‘zsiz va o‘z o‘rnida bajargan holda, minimum imkoniyatdan maksimum foydalanishadi"

-Rustam Umarovdan so‘ng darvoza uchun munosib nomzodlar bormi?

"Yoshlarimizdan iqtidorli darvozabonlar bor. Rustam ularga yordam bermoqda. Ulardan biri Abbos Elmurodov, Eron bilan bahsda yaxshi taassurot qoldirdi. Umuman olganda, darvozabonlar borasida xotirjamman desam ham bo‘ladi"

Matias Raul Lyusyuksga savollar:

-Daraja jihatidan Argentina O‘zbekiston terma jamoasiga qaraganda biroz yuqori turishi ma’lum. Bunday vaziyatda, shogirdlaringizda raqibni mensimaslik holatlari kuzatilmayaptimi?

"Raqiblarimizni kuchli jamoa deb bemalol aytish mumkin. Ular yillar mobaynida shakllanib kelgan, o‘z o‘yin uslubiga ega jamoa hisoblanishadi. Bu uslubda, jamoada oldinroq ishlagan ispaniyalik mutaxassislar imzosini ham ko‘rish mumkin. Jahon chempionatida ishtirok etgan jamoani hech qanaqasiga kuchsiz deb bo‘lmaydi. Men ikkala tomondan ham teng kuchli o‘yin kutyapman. Bu uchrashuvlar ikkala tomon uchun va ayniqsa biz uchun juda foydali bo‘ladi. Agar shunday bo‘lmaganida biz bunday taklifni qabul qilmagan bo‘lar edik"

-Tarixga nazar solib, aytish mumkinki, Argentina terma jamoasi so‘nngi yillarga kelib, ancha shakllangan holda, 2016 yilgi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi. So‘nggi jahon chempionati saralash bosqichida ham faol ishtirok etib, o‘z qit’asida birinchilikni egallayapti. Bunday qisqa fursatda yuqori darajadagi o‘sishning yuzaga kelishi borasida nima deya olasiz?

"Bunday vaziyatda biz, birinchi navbatda o‘z kuchimizga ishona boshladik. Har bir turnirni o‘ta jiddiy qabul qildik va faqat g‘alaba uchun maydonga tushdik. Eng asosiysi, bizda individual salohiyatga ega futzalchilar talaygina. Biz ulardan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, har bir FIFA kunidan unumli foydalandik, hech bir o‘yin, hech bir tayyorgarlik e’tiborimizdan chetda qolmadi. Hozirda, asosiy maqsadimiz Litvadagi jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rib, u yerda ham chempionlikni qo‘lga kiritish"

-Bizda ichki chempionat o‘yinlari davom etayotgani bois futzalchilarimizning holati yaxshi. Bu borada Argentina termasidagi vaziyat qanday?

"Bizda ham bir necha oy mobaynida chempionat bahslari bo‘lmadi. Lekin, shunday bo‘lsada, chempionatni oxiriga yetkazib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘rdik. Lekin, jamoadagilarning hozirgi holati xech narsaga bahona bo‘la olmaydi"

-O‘zbekiston futzal terma jamoasini o‘rganib chiqdingizmi? Qaysi futzalchilar e’tiboringizni tortdi?

"O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘tkazgan ikki uchrashuvini ko‘rib chiqdim. Ular ham himoya, ham hujumda agressiv o‘yin taqdim etishadi. Bu holat bizga yoqadi. Boisi, biz ham shunday uslubda o‘ynaymiz. Tarkibning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. O‘shbu uchrashuv argentinalik ishqibozlar uchun ham juda qiziq va ahamiyatli. Chunki, biz so‘nggi paytlarda xalqaro o‘yinlarda deyarli ishtirok etmayotgan edik"

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, soat 18:30da «O‘zbekiston» sport majmuasida start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:19, 01.02.2021.
O'qildi: 4518 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.