«Tottenhem» hujumchisi Harri Keynning olgan jarohati haqida murabbiy Joze Mourinyo batafsil ma’lumotni berdi.
Klub shifokorlarining tasdiqlashicha, angliyalik futbolchi yaqin 2-3 hafta ichida safga qaytishi kutilyapti. Keyn «Liverpul»ga qarshi bahsda har ikkala to‘pig‘ini ham shikastlab olgan edi.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum 29 o‘yinda 19+14 natijani qayd etdi.