Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Nazorat uchrashuvi. «Qizilqum» Ukraina klubini mag‘lub etdi (videosharh)

Nazorat uchrashuvi. «Qizilqum» Ukraina klubini mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kecha «Qizilqum» Turkiya yig‘ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Obolon” klubiga qarshi o‘tkazib, irodali g‘alabaga erishishdi.

Antaliyadagi “IC Football center” majmuasida o‘tgan mazkur bellashuvga murabbiylar shtabi avvalgi ikki bahsda maydonga tushmagan, kamroq o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarga imkon berishga qaror qilishdi.

Uchrashuv debyutidayoq vakillarimiz gol o‘tkazib yuborishlariga qaramay, keyinchalik tashabbusni o‘zlari tomonga og‘dirib olishdi. 40-daqiqaga kelib esa hisob tenglashdi. Raqib darvozasi oldida chamasi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Oybek Qilichev “jonli devor”dan oshirib darvoza to‘riga yo‘lladi. Raqib posboni to‘pni nigohlari bilan kuzatib qoldi, xolos – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. 52-daqiqada kiyevliklarning tezkor qarshi hujumidan keyin yana Makosin darvozasi ishg‘ol etildi-1:2.  Shunga qaramay jamoamiz asosiy e’tiborni hujumlarni samarali yakunlashga qaratdi va yakunda ikkita gol kiritib, irodali g‘alabani tantana qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Mate Vasadze ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Qizig‘i gruziyalik hujumchi har ikki golini burchakdan to‘p uzatilgach, boshi bilan kiyevliklar darvozasiga aniq yo‘llashning uddasidan chiqdi.

Mazkur bellashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Artyom Makosin, Oleg Tolmasov (Muhsin Ubaydullayev), Fayzulla Qambarov, Aziz Usmonov, Mirjalol Qosimov, Jasur Azimov, Jamshid Hasanov, Oybek Qilichev, Elguja Grigalashvili (Behruz Sa’dilloyev), Georgi Kuxianidze, Qadamboy Nurmetov (Mate Vasadze).

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 15:00, 04.02.2021.
O'qildi: 3073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик