Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Angliya kubogi. «Tottenhem» 9 ta gol urilgan o‘yinda «Everton»ga mag‘lub bo‘ldi, «Manchester Siti» va «Lester»dan g‘alaba

Angliya kubogi. «Tottenhem» 9 ta gol urilgan o‘yinda «Everton»ga mag‘lub bo‘ldi, «Manchester Siti» va «Lester»dan g‘alaba

Baho:
+ | -

Angliya Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 10 fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Everton» va «Tottenhem» jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz bahs Karlo Anchelotti shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. O‘yinning 3-daqiqasida Davinson Sanches mezbonlar darvozasiga gol urdi. 36-daqiqada Kelvert-Lyuin muvozanat tiklagan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Risharlisonning goli evaziga «Everton» oldinga chiqib oldi. Dastlabki bo‘limning so‘nggi daqiqalariga kelib Gilfi Sigurdsson penaltidan foydalangan holda hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Erik Lamela oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, 57-daqiqada Davinson Sanches hisobni tenglashtirdi.  Uchrashuvning 68-daqiqasida Risharlison o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘ydi va hisob 4:3 holatiga keldi. 83-daqiqada Harri Keyn farqni yo‘qqa chiqardi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga ravona bo‘ldi. Bernard Anisio 97-daqiqadagi goli evaziga mersisaydlarning g‘alabasini ta’minladi.

Yana bir bahs «Suonsi» va «Manchester Siti» o‘rtasida kechdi. «Shaharliklar» safida Kayl Uoker 30-daqiqada dastlabki golni urdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Rahim Sterling hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, uch daqiqa o‘tib Gabriel Jezus «Man Siti»ning 3-golini urdi. Mezbonlarning yagona javob goli 77-daqiqada Morgan Uittaker tomonidan kiritildi.

«Lester» o‘z uyida «Brayton»ni minimal hisobda yengdi. «Sheffild Yunayted» «Bristol Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuvlarda urilgan gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Angliya kubogi, 1/8 final bahslari
10 fevral, chorshanba
«Everton» — «Tottenhem» 5:4
Gollar: 0:1 – 3 Sanches, 1:1 – 36 Kelvert-Lyuin, 2:1 – 38 Risharlison, 3:1 – 43, penalti Sigurdsson, 3:2 – 46 Lamela, 3:3 – 57 Sanches, 4:3 – 68 Risharlison, 4:4 – 83 Keyn, 5:4 – 97 Bernard.
«Everton»: Olsen, Godfri, Mina, Kin, Din (Holgeyt, 107), Devis, Dukure, Ivobi (Bernard, 70), Sigurdsson, Kelvert-Lyuin (Koulmen, 55), Risharlison.
«Tottenhem»: Lyoris, Alderveyreld, Sanches, Doerti (Sissoko, 99), Devis, Lukas Moura (Alli, 77), Ndombele (Uinks, 90), Bergveyn (Keyn, 53), Hyoybyerg, Son Hyon Min, Lamela (Vinisius, 98).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (47), Mina (66), Alli (88), Risharlison (90), Din (90), Keyn (90), Uinks (100).

«Suonsi» — «Manchester Siti» 1:3
Gollar: 0:1 – 30 Uoker, 0:2 – 47 Sterling, 0:3 – 50 Gabriel Jezus, 1:3 – 77 Uittaker.

«Lester» — «Brayton» 1:0
Gol: 1:0 – 90+4 Ixeanacho.

«Sheffild Yunayted» — «Bristol Siti» 1:0
Gol: 1:0 – 66, penalti Sharp.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:50, 11.02.2021.
O'qildi: 4232 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.