Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Alvido, qirol! 2020 yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari

Alvido, qirol! 2020 yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari

Baho:
+ | -

Ortda qolgan 2020 yil koronavirus pandemiyasi tufayli barcha uchun nihoyatda og‘ir kechdi. Ushbu yilda minglab insonlar o‘z yaqinlarini yo‘qotdi. Shu jumladan, futbol olami ham 2020 yilda ko‘plab yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi. Aslida ularning soni ko‘p, biroq hozir 2020 yilda hayot bilan vidolashgan eng taniqli futbol darg‘alari haqida fikr yuritamiz.

Diyego Maradona (1960—2020)



Noyabr oyining oxiriga kelib, butun futbol olamini bir dahshatli xabar qayg‘uga soldi: afsonaviy Diyego Maradona bu yorug‘ olamni tark etdi. Maradonaning bundan 100 yillardan keyin ham futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan bo‘lib qolishiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari uning shaxsiyatiga ham hali uzoq yillar davomida Argentina, Kataloniya va ayniqsa, Neapolda ehtirom ko‘rsatiladi. Bunga «Napoli»ning uy stadioni nomi Diyego Maradona sharafiga o‘zgartirilgani ham yaqqol misol bo‘la oladi.

Maradona nafaqat maydondagi mahorati bilan, balki uning tashqarisidagi harakatlari bilan ham muntazam ravishda futbol jamoatchiligini o‘ziga qaratib kelgan. Argentinalik qanday turmush tarzi olib borganidan qat’i nazar, u futbol rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugun siz-u bizning sevimli futbolchilarimizga aylangan futbolchilar aynan Maradonaning o‘yinlarini ko‘rib futbolga qadam qo‘ygan. Shunday u o‘z vazifasini ortig‘i bilan ado etgan deyish mumkin. Maradona 60 yoshida o‘z turmush tarzi qurboni bo‘ldi.

Paolo Rossi (1956—2020)



Italiya futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilaridan biri, 1982 yilgi «Oltin to‘p» sohibi, JCH—82 ning eng yaxshi o‘yinchisi va to‘purari Paolo Rossi Maradonaning o‘limidan ikki hafta o‘tgach vafot etdi (dekabr oyida). Futbolchilik faoliyatidan so‘ng telekanallarda ekspertlik qilgan va o‘zini tadbirkorlik sohasida sinab ko‘rgan Rossining maydonda amalga oshirolmaydigan ishi yo‘q edi va o‘z vaqtida mukammal hujumchi sifatida qabul qilingandi.

Biroq Rossi ham Maradona singari faoliyatida ko‘plab mojaro va janjallarga to‘qnash kelgan. Hatto u firibgarlikda ayblanib, qamalib chiqishga ham ulgurgandi. Ammo italiyalikning boshiga tushgan qiyinchiliklari unga maydonda sehrli ishlarni amalga oshirishda xalaqit bermasdi. Aftidan, u aynan shu tariqa afsonaga aylangan ko‘rinadi. Rossi 65 yoshida saratonga mag‘lub bo‘ldi.

Papa Buba Diop (1978—2020)



O‘zining jismoniy imkoniyatlari va tashqi gabaritlari bilan «shkaf» laqabini olgan Papa Buba Diop faoliyatining katta qismini Angliyada o‘tkazgan. Uning rezyumesidan «Fulhem», «Portsmut», «Vest Hem» va «Birmingem» kabi tumanli albionning o‘rtamiyona jamoalari o‘rin olgan.

Futbolchi o‘z mashhurligining cho‘qqisiga 2002 yilgi mundialda erishadi. O‘shanda Diop boshchliigidagi Senegal termasi guruh bosqichida amaldagi Jahon chempionlari — fransuzlarni mag‘lub etib (1:0), musobaqaning chorak finaliga qadar yetib boradi. Biroq «shkaf»ning keyingi hayoti ko‘ngildagidek kechmaydi, unga bir qator kasalliklar hujum qiladi. Shu tariqa Senegal afsonasi 43 yoshida bu dunyo bilan vidolashdi.

Alexandro Sabelya (1954—2020)



Sabelya deyarli butun futbolchilik faoliyatini vatani Argentinada o‘tkazgan va o‘yinchi sifatida katta mashhurlikka erishmagan. Ammo uning murabbiylik faoliyati Argentina va butun futbol olamida yuqori baholanadi. Alexandro ikki bor mamlakat bosh jamoasini boshqargan: 1994—1998 yillardagi birinchi urinishida deyarli hech qanday muvaffaqiyatga erishmaydi. Ammo 2011 yilda, ikkinchi marta Argentina boshqaruvini qo‘lga olganida, haqiqatan ham alohida ta’kidlashga arziydigan natijaga erishadi. Uning jamoasi Braziliya yashil maydonlarida o‘tgan mundialda 24 yil ichida ilk bor finalga qadar yetib boradi. Afsuski, hal qiluvchi o‘yinda Germaniya Mario Gyotsening so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga g‘alabani ilib ketadi. Nima bo‘lganda ham, uni mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqa oldi. Kimdir bunda Lionel Messining xizmatlari katta ekanligini aytishi mumkin, biroq jamoaning yutug‘ini birgina futbolchi bilan bog‘lash mantiqan noto‘g‘ri bo‘ladi, futbolchining kim bo‘lishidan qat’i nazar. Sabelya 66 yoshida yurak sohasidagi muammolar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:15, 12.02.2021.
O'qildi: 8515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.