Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

AGMK Turkiyadagi ilk o‘yinda Gruziya jamoasini mag‘lub etdi

AGMK Turkiyadagi ilk o‘yinda Gruziya jamoasini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini orqali jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan AGMK kecha ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Gruziyaning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 6-o‘rindagi "Telavi" jamoasi raqib bo‘lgan o‘yin qiziqarli va keskin kurashlarga hamda gollarga boy o‘tdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Sardor Rahmonov Sanjar Tursunovning burchakdan oshirgan to‘pini golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida raqib futbolchisi oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, o‘yinda hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Murod Toshmatov aniq zarbasi orqali samarali yakunlab, jamoamizni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida "Telavi" jamoasi yana uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv tugashiga yaqin belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirgan Mirjamol Qosimov ajoyib zarbasi orqali g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi birinchi nazorat bellashuvida chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda ajoyib g‘alabani nishonladi.

Nazorat o‘yini.
14.02.2021.
AGMK - "Telavi" (Gruziya) 3:2
Antaliya, "Eko Dizayn sport kompleks".
Gollar: Sardor Rahmonov (37), Murodjon Toshmatov (55), Mirjamol Qosimov (87) - Ardazishvili (48), Shekiladze (80).
AGMK — Valijon Rahimov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Dilshod Jo‘rayev, Jasur Umarov, Sanjar Shoahmedov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sheroz Jalolov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Aleksandr Kasyan, Sarvar Ablayev, Kamron Abdulhamidov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 06:30, 15.02.2021.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик