Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Xorijdagi ilk g‘alaba, 516 kun kutilgan chempionlik yoxud Boltaboyevning bugungi g‘alabasiga oid faktlar

Xorijdagi ilk g‘alaba, 516 kun kutilgan chempionlik yoxud Boltaboyevning bugungi g‘alabasiga oid faktlar

Baho:
+ | -

Biroz avval dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasining g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edik. Fursatdan foydalanib, “issig‘i”da hamyurtimizning ushbu muhim g‘alabasi haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga nazar tashlaymiz.

Keling, dastlab dzyudochimizning o‘zi bilan yaqindan tanishtirib olsak. Sharofiddin Boltaboyev 1995 yil 19 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan. Katta musobaqalardagi faoliyatini -73 kg vazn toifasida boshlagan. U mazkur vaznda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan keyin terma jamoa tarkibiga jalb qilindi. O‘sha kezlar ushbu vaznda Mirali Sharipov, G‘iyosiddin Boboyev kabi polvonlar bilan ichki raqobatda munosib kurashdi. 2015 yil Quvaytda o‘tgan Osiyo chempionatining finaligacha yetib bordi. 2016 yil Boltaboyevning faoliyatida keskin burilish ro‘y berdi. Bu vaqtda shaxsiy vaznning ortib borishi uning birinchi raqamli “raqibi”ga aylanib bo‘lgan edi. Hatto kerakli vaznga tusha olmay, musobaqalardan qolib ketgan paytlari ham bo‘lgan. Qolaversa, bu orada Rio Olimpiadasida -73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochi ham aniq bo‘lib ulgurdi. Shundan so‘ng Boltaboyev eng to‘g‘ri yo‘l – bir pog‘ona yuqori vaznga o‘tishga qaror qildi. -81 kg vazn toifasidagi debyut mamlakat chempionatiga to‘g‘ri keldi. Ilk musobaqaning finalida hozir -90 kg vaznda kurashayotgan Davlat Bobonov raqiblik qildi. Sharofiddin murosasiz kechgan ushbu finalda g‘alaba qozondi va yangi vaznga tezda moslasha boshladi.

Xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyat uchun ko‘proq vaqt talab qilindi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 2019 yildan Sharofiddin yana yirik turnirlarda o‘zini ko‘rsata boshladi. Dastlab aprel oyida Osiyo chempionatining finaliga qadar yetib bordi. Avgustdagi jahon chempionatida yettinchi natija va sentyabrda o‘tgan Toshkent Gran-prisida chempionlik. Ushbu natijalar Boltaboyevni jahon miqyosida -81 kg vaznning yetakchilari qatoriga olib chiqdi. Ushbu fikrni polvonimiz 2020 yil boshida Parijda o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirining kumush medali bilan yana bir karra isbotladi.

Boltaboyevning bugungi g‘alabasi quyidagi jihatlari bilan ahamiyatli:

– Ilk bor “Katta dubulg‘a” musobaqalarining oltin medali;

– Ilk bor xorijda o‘tgan yirik turnirda g‘alaba;

– Toshkentdagi Gran-pridan 516 kun o‘tib ko‘ksiga IJF musobaqalarining oltin medalini taqmoqda;

– U bugungi turnir davomida 3 ta jahon chempionlarini mag‘lub etdi: Aleksandr Veycherzak (2017 yil), Frank de Vit (2015 yil yoshlar) va Said Mullai (2018 yil);

– Sharofiddin bungacha jahon va Tokio Olimpiadasi reytingida 15-o‘rinda turgan edi. Bugun qo‘lga kiritilgan 1000 ochko bilan yangilangan reytingda 9-o‘ringa ko‘tarilib oladi. Bu esa uning faoliyatidagi eng yuqori o‘sish bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 07:28, 20.02.2021.
O'qildi: 4697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.