Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OFK JCH-2022 saralashi o‘yinlari qachon va qanday holatda o‘tkazilishini ma’lum qildi

OFK JCH-2022 saralashi o‘yinlari qachon va qanday holatda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionati ikkinchi saralash bosqichi o‘yinlari 2021 yil iyun oyida markazlashgan holatda o‘tkazilishini e’lon qildi.

Koronavirus pandemiyasi xavfi sabab mart oyidagi FIFA kunlarida JCH—2022 saralashi doirasida faqat 4 ta o‘yin o‘tkaziladi:

25 mart
Saudiya Arabistoni — Yaman
Tojikiston — Mo‘g‘uliston

30 mart
Nepal — Avstraliya
Mo‘g‘uliston — Yaponiya

Saralashning qolgan o‘yinlari esa 2021 yilning 31 mayidan 15 iyuniga qadar markazlashgan holatda o‘tkaziladi.

O‘z ishtirokini «D» guruhida boshlagan O‘zbekiston terma jamoasini oldinda yana 3 ta o‘yin kutib turibdi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, O‘zbekiston terma jamoasi uchala o‘yinni ham iyunda o‘tkazishi mumkin.

Mutaxassisning fikrlariga ko‘ra Yaman — O‘zbekiston uchrashuvi mart oyida ham o‘tkazilishi mumkin, ya’ni uchrashuv hozircha rasman iyun oyiga ko‘chirilmagan. Agar uchrashuv ko‘chirilsa, O‘zbekiston termasining JCH—2022 saralashidagi qolgan o‘yinlar taqvimi quyidagicha ko‘rinish oladi.

7 iyun
Yaman — O‘zbekiston
Singapur — Saudiya Arabistoni

11 iyun
O‘zbekiston — Singapur
Saudiya Arabistoni — Falastin

15 iyun
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston

Qayd etish joiz, «D» guruhi o‘yinlari markazlashgan holatda qaysi mamlakat mezbonligida o‘tishi hali hal etilmagan. Mezbon maqomi O‘zbekiston yoki Saudiya Arabistoniga berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, saralashning keyingi bosqichiga o‘z guruhlarida g‘olib bo‘lgan 8 ta jamoa va 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Agar JCH—2022 mezboni Qatar yuqoridagi 12 jamoaning orasidan o‘rin oladigan bo‘lsa, u holda 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega 5-jamoa 3-saralash bosqichiga yo‘l oladi.

O‘zbekiston terma jamoasi «D» guruhida 5 ta o‘yin o‘tkazgan holda 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan Saudiya Arabistoni hisobida esa 8 ochko mavjud. Singapur 7 ochkosi bilan 3-o‘rindan, Yaman bo‘lsa 5 ochko bilan 4-pog‘onadan o‘rin olgan. So‘nggi o‘rinni esa 4 ochkoga ega Falastin band etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:01, 20.02.2021.
O'qildi: 7373 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.