Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Simeone: «Raqib o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi»

Simeone: «Raqib o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Yevrpa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Buxarestda o‘tkazildi.

«O‘yin tugagandan keyin hisobni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz futbolni yaxshi ko‘ramiz. Biz o‘yinni nazorat qila olmadik. «Chelsi» harakatlanishda faol bo‘ldi, ammo biz o‘yin tempini tushira oldik. Ammo raqib jamoa safida Jiru kabi o‘yinchilar bor. Biz to‘p nazorati ustida ishlashimiz kerak.

Har ikki jamoa katta ishni amalga oshirdi. Vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, ammo raqib o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi. Boshqa paytda o‘yin tengma-teng kechdi. Biz yaxshi himoyalandik, oldinga intildik, oldinda nimadir yaratdik. Ikkinchi taym mutlaqo tengma-teng kechdi.

Agar sentyabr oyida menga biz Chempionlar ligasining nimchorak finalida ishtirok etib, dastlabki o‘yinda kichik hisobda yutqazishimizni aytishganida, men bu variantga rozi bo‘lgan bo‘lardim. Javob uchrashuvi juda qiyin bo‘ladi, ammo Chempionlar ligasining har qanday bahsi haqida shunday deyish mumkin. Biz mazkur egri-bugri yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak», — dedi Simeone.

Javob uchrashuvi 17 mart kuni «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:06, 24.02.2021.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик