Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Fakt: 2020/21 yilgi mavsumda «Liverpul» markaziy himoyasida 18 xil juftlik harakat qildi

Fakt: 2020/21 yilgi mavsumda «Liverpul» markaziy himoyasida 18 xil juftlik harakat qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» futbol klubi 2020/21 yilgi mavsumda markaziy himoya chizig‘ida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

90Min portalining xabar qilishicha, mersisaydliklar joriy mavsumda jami 18 xil markaziy himoyachilar juftligidan foydalangan. Mavsum davomida ushbu chiziqda jami to‘qqiz nafar futbolchi harakat qilgan. Ularning ikki nafari — Fabinyo va Jordan Henderson asli pozisiyasi markaziy yarim himoyada bo‘lsa-da, himoya chizig‘ida to‘p surishga majbur bo‘lgan.



Eslatib o‘tamiz, «Liverpul»ning yetakchi himoyachisi Virjil van Deyk og‘ir jarohat sabab mavsum boshidan beri o‘ynay olmayapti. Niderlandiyalik futbolchi 24 fevraldan yakkalik mashg‘ulotlarini boshladi.

Shuningdek, mavsum davomida Jo Gomez, Joel Matip, Fabinyoni ham jarohatlar bezovta qilmoqda. O‘tgan haftada esa Yurgen Klopp jamoasi yana bir yo‘qotishga uchradi: Henderson jarohat tufayli safdan chiqdi.

«Liverpul» Premyer Liga 25-turidan keyin 40 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 19 ochkoga ortda qolgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:41, 25.02.2021.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик