Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

BAA Liga Kubogi. Masharipov ikkita golga assistenlik qilgan o‘yinda «Shabob al-Ahli» g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi

BAA Liga Kubogi. Masharipov ikkita golga assistenlik qilgan o‘yinda «Shabob al-Ahli» g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha BAA Liga Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan «Shabob Al-Ahli» va «Al-Vasl» o‘rtasidagi javob bahsi 2 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Jaloliddin Masharipov 11-daqiqada Federiko Kartabianing goliga assistentlik qildi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Kartabia o‘zining hisobiga dubl rasmiylashtirib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Bundan 11 daqiqa o‘tib Masharipov Igor Xesusning goliga ham hammuallif bo‘ldi. «Al-Vasl»ning yagona goli 71-daqiqada Fabio Lima tomonidan penaltidan kiritildi.

O‘zbekistonlik futbolchi to‘liq harakat qilgan uchrashuvda «Shabob al-Ahli» turnir finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoalarning birinchi bahsida Jaloliddinning jamoasi safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. «Shabob al-Ahli»ning finaldagi raqibi Dubayning «An-Nasr» jamoasi bo‘ladi.

BAA Liga kubogi
Yarim final, javob uchrashuvi
2 mart, seshanba
«Shabob al-Ahli»—«Al-Vasl» 3:1
Gollar: 1:0 — 11 Kartabiya, 2:0 — 52 Kartabiya, 3:0 — 63 Igor Xesus, 3:1 — 71, penalti Fabio Lima.
«Shabob al-Ahli»: Majid Nosir, Abdulaziz Husayin (Abdulla Jamil, 66), Muhammad Marzuq, Valid Abbos, Hamdam Al-Kamoli, Abdulla Al-Naqbi, Majid Hassan (Hamid, 80),  Jaloliddin Masharipov, Eduardo (Muhammad Juma, 60), Federiko Kartabia (Yahyo Al-G‘assoni, 60), Igor Xesus (Ahmad Al-Attas, 67).
«Al-Vasl»: Al-Menteri, Abdulrahmon Ali (Saloh Hamis, 42), Felipe, Neris, Ali-Almheiri, Hassan Ibrohim (Nikolas Oroz, 59), Ali Salmin, Ali Saloh (Mahmud Nur, 59), Mendes (Habash Saloh, 59), Lima, Figueredo (Diniz Roza, 77).
Ogohlantirishlar: Ali-Almheiri (14), Ali Salmin (16), Karlos Eduardo (29).
Chetlatish: Ali Salmin (84).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:08, 03.03.2021.
O'qildi: 6140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик