Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Murod Ismoilov: "Asosiy maqsadimiz "Turon" uchun mos futbolchilarni yetkazib berishdan iborat"

Murod Ismoilov: "Asosiy maqsadimiz "Turon" uchun mos futbolchilarni yetkazib berishdan iborat"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun U-21 Birinchiligining 1-turi doirasida "Turon" - "Qo‘qon-1912" (2:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv yakunida yoshlar jamoamiz bosh murabbiyi Murod Ismoilovning o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

— Murodjon Muzafarrovich, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...
— Bugun haqiqatdan ham "derbi"ga xos tarzda o‘tgan o‘yin guvohi bo‘ldik. Har ikki jamoa vakillarining jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lgani uchrashuv davomida ko‘zga tashlanib turdi."Qo‘qon-1912" yoshlar jamoasida ham, bizda ham ko‘plab golli vaziyatlar yuzaga keldi. Raqiblar o‘z imkoniyatlardan foydalana olmaganliklari tufayli bugungi bahsda jamoamiz darvozasi daxlsiz qoldi. Bizda, ya’ni yoshlar jamoamizda ham xato va kamchiliklar bor. Bugungi o‘yinda biz yuzaga kelgan imkoniyatlarning 50 foizidan unumli foydalandik desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Mavsum davomida har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Eng asosiy maqsadimiz "Turon" uchun mos futbolchilarni yetkazib berishdan iborat"

— Bugungi bahsda har ikki jamoa tarkibida tajribali futbolchilar ham harakat qilishdi. Masalan, "Qo‘qon-1912" (U-21) jamoasi safida Oybek Rustamov, Xurshid Xodjayevlar harakat qilgan bo‘lsalar, "Turon" (U-21) tarkibida Sunnatillo Ermatov, Ismoil Oxunjonov maydonga tushirildi. Mazkur holat o‘yin jozibasi va natijasiga qay darajada ta’sir qildi deb o‘ylaysiz?

— Bugungi bahsda tajribali futbolchilar ham harakat qilgani rost. Musobaqa tashkilotchilari ham U-21 Birinchiligi doirasidagi o‘yinlarda 2 nafar tajribali futbolchilar xizmatidan foydalanishga ruxsat bergan. Bilasiz, yoshlar jamoasi safida tajribali futbolchilarning ham xizmatlaridan foydalanmoqdamiz. Ulardagi tajriba va malaka yosh futbolchilarga qo‘shimcha motivasiya berishi tabiiy.

— Murabbiylar shtabida o‘tgan mavsumda "Turon" safida harakat Bahodir Akramovga ko‘zimiz tushdi...
— Har bir futbolchi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng yoshlarga to‘plangan tajriba va malakalarini o‘rgatish maqsadida murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.Bahodir Akramov ham ayni vaqtda o‘z tajribalarini yoshlarga o‘rgatish maqsadida jamoamiz murabbiylar shtabidan o‘rin olgan.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Manba: https://t.me/FCTURON2017
Kiritildi: 07:20, 10.03.2021.
O'qildi: 3102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик