Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi, chunki...

Superliga. «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi, chunki...

Baho:
+ | -

Coca-Sola Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi avvaldan rejalashtirilgani kabi 9-aprel sanasida emas, 7-aprelda bo‘lib o‘tadi.

"«Paxtakor» Chempionlar ligasi musobaqasidagi ishtirokini 14-aprel sanasida boshlaydi. Shunga ko‘ra, klub musobaqaga mezbonlik qiluvchi BAA mamlakatiga tashrif buyurish rejasiga oydinlik kiritdi.

Pandemiya davrida delegasiya test bilan bog‘liq vazifalarni ham amalga oshirishi kerak. Shundan kelib chiqib, uchrashuvning ikki kun avvalroq tashkil etilishi bu borada xalqaro maydonda to‘p suradigan klub rejalari uchun engillik yaratadi.

Uchrashuv kunini o‘zgartirish borasida «Paxtakor» futbol klubi O‘zPFLga Reglamentda ko‘rsatilgani bo‘yicha o‘z vaqtida taklif bilan chiqdi. «Navbahor» futbol klubi vaziyatni to‘g‘ri tushungani holda, bu masalaga e’tiroz bildirmadi. Shuningdek, «Sport» telekanali o‘z dasturlariga 5-tur uchrashuvlarini kiritib ulgurmagani ham bunda qo‘l keldi.

Ishonamizki, «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi 7-aprel kuni yuqori saviyada tashkil etiladi."

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:43, 18.03.2021.
O'qildi: 3788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик