Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ikki jamoa ham ochko yo‘qotdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ikki jamoa ham ochko yo‘qotdi"

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining birinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Futbol uchrashuvi ajoyib muhitda o‘tdi, Namanganda har doim shunday bo‘lgan. Bugungi o‘yinning darjasi ham muhit ham juda ajoyib. Bunaqa o‘yinlar kamdan-kam kuzatiladi. O‘yindagi rejamiz, himoyadagi rejamiz amalga oshdi. Biz bugun shunaqa o‘ynashni yigitlarga uqtirgan edik. Faqat oldinda golli vaziyatlar yaratib undan foydalanishimiz kerak edi. Vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik. Golli vaziyatlarni inobatga olsak, mezbonlardan yaxshiroq vaziyatlarga ega bo‘ldik. To‘pni ham biz nazorat qildik. "Navbahor"ning yuqoridan oshirgan uzatmalari biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Biz yaxshi himoyalanishni rejalashtirgandik, buni uddaladik. “Navbahor” jamaosi ko‘proq e’tiborini hujumga qaratishini bilardik, shu tufayli yigitlarga diqqatlarini yo‘qotmasdan 90 daqiqa yaxshi himoyalanishimizni uqtirgandik. Bugun har ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi ammo ikki jamoa ham ikki ochko yo‘qotdi, deb hisoblayman. Durang natija hech bir jamoani qoniqtirmadi, deb hisoblayman.

— "Nasaf"ning ko‘p futbolchilarini tanib olish qiyin bo‘ldi. Faqatgina raqamlaridan ajratib oldik, xolos. Tarkib haqida nima deya olasiz?
— Sog‘lig‘imni o‘ylaganlarga minnatdorchilik bildiraman. Ba’zi bir o‘yinchilarimiz o‘tgan mavsum faqat o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynagan. Yetakchilarimiz jamoani tark etishdi, ularning o‘rnini yoshlar jamoalarimiz va quyi ligalarda o‘ynaydigan futbolchilar hisobiga to‘ldirdik. Biz majburmiz shu yigitlarga e’tibor qaratishga. Chunki klubimiz siyosati, mablag‘ tomonidan imkoniyati ham shuni taqozo etadi. Mabodo, o‘rinbosarlar tarkibimizdan asosiy jamoada o‘ynaydigan futbolchilarni ko‘rib qolsangiz ajablanmang. Formadagi raqamning rangini o‘zgartirish bo‘yicha taklifingizni albatta qabul qilamiz. Aslida jurnalistlar, mutaxassislar futbolchilarning harakatlaridan bilishi kerak.

— Oybek Bozorovga maydonning boshqa tomonidan chiqib ketishi ko‘p e’tirozli fikrlarga sabab bo‘ldi...
— Oybek Bozorov o‘rniga tushayotgan futbolchiga omad tilab chiqib ketsa, bu sherigiga ham madad bo‘lardi. Shuning uchun uning maydonning bu tarafidan chiqishini so‘ragandim. Lekin hakam vaqt cho‘zilmasligi uchun uning maydonning boshqa tomonidan chiqib ketishini talab qildi.

— Bugun umumiy olganda jamoaingizning o‘yinidan qoniqdingizmi?
— Jamoamiz raqibga qaraganda mazmunliroq o‘ynadi. To‘g‘ri, "Navbahor" uzun paslar evaziga oldinga o‘tdi. Lekin umumiy olganda, teng o‘yin bo‘ldi, biz pozision hujum uyushtirish va xavfli vaziyatlar yaratishda faolroq bo‘ldik.

— Jamoaning zaxirasi tor. Jamoaning yetakchilaridan biri Dilshod Saitov qachon safga qaytishi mumkin?
— Dilshod Saitov umumiy guruhga qo‘shildi. Uni asta-sekin safga qaytishini ta’minlaymiz. Ungacha ixtiyorimizdagi futbolchilar xizmatidan foydalanamiz. Bir xil tarkib bilan butun mavsumni o‘tkazish og‘ir. Ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Zaxiramiz torligi ham pand bermoqda. Barchani yaqinlashayotgan bayram bilan tabriklayman.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:28, 20.03.2021.
O'qildi: 2720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.