Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Antiqa “tashrif varaqasi”

Antiqa “tashrif varaqasi”

Baho:
+ | -

«RB LEYPSIG» FUTBOLCHISINING ALOHIDA KAROMATI. Uning har beshinchi goli g‘alaba keltiradi, oltinchisi esa qo‘shimcha vaqtga to‘g‘ri keladi. Aleksandr Serlot - «RB Leypsig»ning kuzgi xaridi. «Buqalar» o‘tgan yilning 22 sentyabr kuni ushbu futbolchi transferi uchun «Kristal Pelas»ga 20 million yevro to‘lashdi. Serlot ortda qolgan vaqtda o‘rtacha statistika qayd etdi:

***Bundesligada 21ta o‘yin (atigi 8tasi boshlang‘ich tarkibda), 2ta gol

***Germaniya kubogida 1ta o‘yin (atigi 14 daqiqa), gol yo‘q

***Evropa Chempionlar Ligasida 3ta o‘yin, 1ta gol

Eng muhimi, Serlotning 3ta golidan 2tasi hal qiluvchi bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, u har safar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda o‘zini ko‘rsatdi. Xususan, dekabr oyida, CHL o‘yinida «Istanbul» darvozasini 90}2-daqiqada nishonga olib, «RB Leypsig»ning 4:3 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi. 27 fevral kuni esa, Aleksandr Bundesliga doirasida Menxengladbax «Borussiya»siga qarshi kechgan o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushib, 90]3-daqiqada g‘alaba golini nishonladi («RB Leypsig» 3:2 hisobida ustun kelgandi).

Serlot Germaniyadagi faoliya­tida yana bir golini «Borussiya» D. darvozasiga yo‘lladi, faqat shunisi borki, yanvar oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «buqalar» 1:3 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchrashdi. Lekin fakt shuki, Serlot raqib darvozasini yana o‘yinning oxirgi daqiqalarida nishonga oldi. Umuman olganda, oxirgi lahzalarda hal qiluvchi gollarni urish - Serlotning kichik superkuchi. U butun faoliyati davomida jami 76ta golga mualliflik qilgan. Endi norvegiyalik hujumchining gollariga bog‘liq transfermarkt portali ma’lumotlariga diqqat qiling:

***16ta goli jamoasiga g‘alaba keltirgan;

***14ta goli o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan vaqtga to‘g‘ri kelgan.

Serlot ikki jihat bo‘yicha «joker»lik qobiliyati ovoza bo‘lgan o‘sha mashhur Ole-Gunnar Sulsher bilan bemalol raqobatlashishi mumkin. Qarang, «MYU»ning amaldagi bosh murabbiyi butun faoliyati davomida hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda 6ta gol urgan, uning barcha aniq zarbalaridan 26 foizi g‘alaba keltirgan. Syorlot esa 90}-daqiqalarda  raqiblar darvozasini 14 marta ishg‘ol qilgan, qolaversa, jami gollaridan 20 foizi g‘alabani ta’minlagan. Ha, zamonaviy futbolda «Ramos 90}3» tushunchasi bor, hattoki, memlar ham ko‘p. Har holda, Ispaniyada ayrimlar «Real» sardorini qo‘shimcha vaqtda gol urishga ixtisoslashgan «oliy namuna» sifatida ko‘rsatishadi. Biroq aslida Ramosning 103ta golidan atigi 4tasi 90-daqiqadan keyingi vaqt­ga to‘g‘ri keladi, xolos. Jumladan, CHL finali va Yevropa superkubogi uchun o‘yinda urgan gollari ham hisobga olingan. Shunday ekan, Serlot bu borada chinakam - afsona. To‘g‘ri, u hujumda o‘ynaydi, Ramos esa himoyachi.

Xo‘sh, Aleksandr Serlot haqida yana nimalar ma’lum?

- «RB Leypsig» uning faoliyatidagi 8-klubdir. Aleksandr Bundesligaga yo‘l olishiga qadar Norvegiya, Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Angliya va Turkiya chempio­natlarida to‘p surgan.

- «RB Leypsig» 2018 yiliyoq Serlotni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, ammo norvegiyalik futbolchi o‘sha yilning yozida «Kristal Pelas»ni tanlagan. Serlot keyinchalik rosa ikkilanganini tan olgandi: «Aslida Germaniyada o‘ynash varianti ustida juda uzoq vaqt o‘yladim. Ha, «Kristal Pelas»da deyarli imkoniyatga ega bo‘lganim yo‘q, vaholanki, APLda bemalol o‘ynab ketishimga qattiq ishongandim. Esimda, o‘sha vaqt Erling Xolandga qo‘ng‘iroq qilib, «RB Leypsig» bilan shartnoma tuzishdan bosh tortishga qaror qilganimni aytganimda, u shunchaki, hayratini yashirmagandi: «Nima, ahmoqlik? Germaniyaga yo‘l olishing kerak. Seni juda kuchli klub va nihoyatda zo‘r liga kutmoqda».

Darvoqe, Aleksandr Serlotning otasi Geran ham vaqtida Bundesligada o‘ynagan - Menxengladbaxning «Borussiya»sida. To‘g‘ri, u atigi 5 marta maydonga tushgan va keyinchalik, 90-yillarda «Rusenborg»ning bosh yulduziga aylangan. Aleksandr esa 2015 yili «Groningen» bilan shartnoma tuzdi. O‘shanda Niderlandiya klubi ham norvegiyalik hujumchini ko‘ndirish yo‘lida rosa yelib-yugurgandi. Yana Serlotning so‘zlaridan iqtibos keltiramiz: «Aslida Eredivizionda o‘ynash borasida katta shubham bor edi. Ikkilanib turganimda, Luis Suaresni klubga olib kelgan «Groningen»­ning sobiq sport direktori qo‘ng‘iroq qildi: «Klub vakili senga aniq shartnoma taklif qilmoqda, rozi bo‘l. Biz tarkibga bo‘lajak superyulduzlarni yig‘yapmiz. Ishonchim komil, jamoada nom qozonish imkoniyatiga ega bo‘lasan». Biroq funksionerning bashorati amalga oshmadi. Serlot 2 yil davomida «Groningen»ning 43ta  o‘yinida qatnashib, atigi 6ta gol urdi.

So‘z

- Bilasizmi, yoshlar bilan ishlashni qadrlaydigan kichikroq klublarga ko‘proq mos tushaman. Aleksandr Serlot.

Norvegiyalik hujumchining statistikasi bunga yaqqol dalil: u «Trabzonspor», «Buda» va «Midtyulland» kabi klublarda samarali to‘p surgan. Bundesligada esa xuddi APLda bo‘lgani kabi asosan zaxiradan maydonga tushish bilan cheklanmoqda.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:59, 22.03.2021.
O'qildi: 2648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.