Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Eldor Shomurodov "Jenoa"da ko‘proq bosim ostida qolayotgan ekan...

Eldor Shomurodov "Jenoa"da ko‘proq bosim ostida qolayotgan ekan...

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.

Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga yetib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.

-Sizni kuchli beshlik chempionatlarida stabil o‘yin namoyish qilayotgan ilk o‘zbek futbolchisi deyish mumkin. Aytingchi, MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da?

"O‘ylashimcha, "Jenoa"dagi o‘yinlarda kattaroq bosim ostida qolaman. Sababi, u yerda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga harakat qilaman. Asosiy maqsadim milliy terma jamoamizga foyda keltirish. Genuyada o‘tayotgan har bir kunim O‘zbekiston MTJning keyingi o‘yini kutib yashash bilan o‘tadi. Doim terma jamoa libosini kiyganimda, juda xursand bo‘laman.

"Jenoa"da esa, vaziyat boshqacha. U yerda xorijlik futbolchilar ko‘p narsa kutishadi va talab qilishadi. Shuning uchun, klubda terma jamoaga nisbatan bosim kattaroq deb o‘ylayman".

***

“Rostov” jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin rafiqasi Darya Gordeevaning instagram sahifasida muxlislar savoliga javob berdi. Muxlislardan biri tajribali murabbiydan O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish haqida savol berdi.

Valeriy Karpin  bu savolga ajoyib tarzda javob qaytardi:

- Siz O‘zbekiston milliy terma jamoasini shug‘ullantirishga rozi bo‘lasizmi?

- Agar Eldor Shomurodov taklif qilsa, shug‘ullantirishim mumkin. Talabim shuki, u yerdagi barcha o‘yinchilar Eldor singari yuqori saviyada bo‘lishi kerak.

Valeriy Karpin o‘z davrida Rossiyaning eng mashhur futbolchilaridan bo‘lgan. Hujumkor futbolchi sifatida to‘p surgan Karpin sobiq Ittifoq davrida Talinning “Sport”, Moskvaning “SSKA”, Voronejning “Fakel” jamoalarida o‘ynagan.

1990 yildan 1994 yilgacha “Spartak”da to‘p surgan. Keyin Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Real Sosyedad”, “Valensiya”, “Selta” klublari sharafini himoya qilgan. Klublar darajasida 572 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 109 marotaba ishg‘ol qilgan.

Rossiya terma jamoasi safida 72 ta o‘yinda 17 ta gol muallifi bo‘lgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:59, 23.03.2021.
O'qildi: 10703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик