Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Vadim Abramov: “Biz barchaga imkoniyat beramiz”

Vadim Abramov: “Biz barchaga imkoniyat beramiz”

Baho:
+ | -

Namanganda 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Gana (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Terma jamoamiz ustozi avvalo o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib, jumladan, shunday dedi:

— Uchrashuv haqida nima deyish mumkin? Birinchi navbatda muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bunday ajoyib muhitda to‘p tepish doim yoqimli. O‘yin ularga manzur kelgan bo‘lsa, biz bundan xursandmiz. Gana termasining yaxshi jamoa ekanligini ko‘rdingiz. G‘alaba qozonish va muxlislar ishonchini oqlash yaxshi.

— Bugun markaziy himoyada o‘ynagan namanganlik Azimjon Ahmedovning o‘yinini qanday baholaysiz?
— Uning ko‘rsatgan o‘yinini yomon deya olmayman. Bu chiziqda muammolar borligi sababli, unga imkoniyat berib ko‘rdik. Umid qilamanki, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Biz barchaga imkoniyat beramiz. O‘zbekiston pasportiga ega barcha futbolchilar terma jamoaga nomzod. Superligada endigina uchta tur o‘tdi. Keyingi o‘yinlarni yana kuzatamiz. Namanganlik futbolchilar kuchliligini ko‘rsatsa, yaxshi darajada o‘ynashsa, terma jamoadan chaqiruv olishadi.

— Terma jamoamiz ko‘plab hujumlar uyushtirganiga qaramay, ularni yakuniga yetkaza olmadi. Umuman olganda, vaziyatlardan foydalanishda muammolar bor. Ushbu holatga izoh bera olasizmi? Shuningdek, bugungi o‘yinda Eldor Shomurodovdan ko‘p narsa kutilgandi...
— Xorijda o‘ynayotgan legionerlar uzoq parvozlarni amalga oshirib yetib kelishdi. Uch kun ichida tiklanishdi va moslashishdi. Hamma futbolchilar har xil holatda edi. Eldor Shomurodovni vaqtliroq zaxiraga olishni rejalashtirgandim. To‘g‘ri, u vaziyatlardan foydalana olmadi. Keyingi uchrashuvda uning holati yanada yaxshiroq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

— Raqib jismoniy jihatdan kuchli edi. Jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirishdi. O‘sha vaziyatda darvozabon ham xatoga yo‘l qo‘ydi...
— Darvoza chizig‘i muammoli chiziqlardan biri hisoblanadi. Terma jamoaga nomzod darvozabonlarni ko‘zdan kechirishda davom etamiz. Maydondagi qolgan futbolchilar ham xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Lekin ularni hech kim payqamadi. Darvozabonda doim mas’uliyat yuqori bo‘ladi. Ilyosov iqtidorli darvozabon.

Qaytaraman, darvoza chizig‘i og‘riqli nuqtamiz. Markaziy himoyachilarni yana ko‘ramiz. Shu nuqta ham muammoli hisoblanadi.

— Iroq terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinda qanday o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchisiz?
— Hozir qaynoq kayfiyatda biror fikr bildirish qiyin. Ertaga barchasi aniq bo‘ladi. Kimdir jarohat olgan, yana kimdirda boshqa muammo bor. Namangan shahriga va muxlislarga yana bir bor rahmat aytaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:30, 27.03.2021.
O'qildi: 5121 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик