Futbolda har qanday pozisiyada bo‘lgani kabi, darvoza chizig‘ida ham ajoyib formadagi ko‘plab futbolchilar bor. Misol uchun, argentinalik posbon Emiliano Martines "Arsenal"dan "Aston Villa"ga ketganidan afsuslanmasligini aytdi, "Lids"ning fransiyalik darvozaboni Melye ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda, "Sevilya"ning kiperi Bunu o‘tgan haftada gol urdi.
Garchi darvozabonlarni yarim jamoa deb atasak-da, ba’zi paytlarda ularga ko‘p ham e’tibor beravermaymiz. Sababi, diqqatimizni maydondagi hujumchiga, yoki mashhurroq futbolchiga qaratishga o‘rganib qolganmiz. Hozir esa biz sizlar bilan Yevropa maydonlarida to‘p surayotgan darvozabonlar haqida suhbatlashamiz.
10-o‘rin. Ugo Lyoris ("Tottenxem")
Shmeyxel, De Xea yoki Shesni - bu ajoyib darvozabonlar, ammo hattoki Ugoning ushbu mavsumda "Tottenxem" tarkibida qilgan xatolari ham jahon chempionining kuchli tomonlarini inkor etmaydi. Lyoris darvozasiga yo‘llangan zarbalarning 77,2 foizini qaytarishni uddalagan. Bu kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri. Har qanday darvozabonda bo‘lgani kabi, fransiyalik pobon ham "shporlar"ning himoyasidan norozi. Buni isbotlash uchun, o‘tgan yili koreyalik hujumchi Son Xin Min bilan bo‘lgan janjal va yaqinda bo‘lgan Zagrebdagi muvaffaqiyatsizlikni eslang. Lyorisning o‘zi maydon tashqarisida sovuqqon emasligi aytilmoqda. Lekin maydondagi bu holatlari ham darvozabonga obro‘ olib kelmaydi. U bilan ishlagan mutaxasisilarning aytishicha, Ugo uchun klub va Fransiya terma jamoasidagi natijasi doimo birinchi o‘rinda turadi.
9-o‘rin. Alisson Beker ("Liverpul")
O‘tgan yilgi mavsum davomida Alisson darvozabonlar orasida kuchli uchlikda e’tirof etilayotgan edi, ammo bu mavsum na "Liverpul"ning, na Bekerning omadi kelmayapti. Jamoa himoyasidagi jarohatlar tufayli, "mersisaydlar" deyarli har uchrashuvda rotasiya ishlarini amalga oshirishdi. Ammo, bu holat ba’zi uchrashuvlarda o‘zini oqlamadi. Buni "Liverpul"ning turnir jadvalida pastki pog‘onalardan joy olganidan bilishingiz mumkin. Qolaversa, 1 oylar avval Alissonning otasi Braziliyadagi uyi yaqinidagi ko‘lga cho‘kib ketib vafot etdi. Bu ham darvozabonga ruhiy tomondan zarba bo‘ldi. Ammo hozirda Klopp va uning jamoasinini ishlari biroz yaxshilangan. Yevropa chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuvda esa, aynan Alissonga katta ishonch bildirilmoqda. Sababi, himoyadagi kamchiliklar hali ham bartaraf etilmagan. Shuning uchun ushbu bahsda braziliyalik posbon katta ishni bajarib berishi ta’lab etiladi.
8-o‘rin. Janluiji Donnarumma ("Milan")
Italiyalik darvozabon ko‘pincha unchalik esga olinmaydi, chunki italiyaliklar yillar davomida o‘z yurtida faqat Buffon, keyin esa boshqalar bor, degan stereotipni yaratdilar. Ammo Janluiji hozirda "Yuventus"ning zaxira o‘rindig‘i futbolchisi hisoblanadi, lekin Donnarumma "Milan" va Italiya terma jamoasining eng ishonga futbolchisi hisoblanadi. Hozirda Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayotgan jamoalarning soni talaygina, lekin italiyalik kiper jamoada qolishni xohlamoqda. "Milan" hozirda A Seriya jadvalida 2-o‘rindan joy olgan va ushbu natijada darvozabonning ham mehnatlari juda kattaligini aytib o‘tish zarur.
7-o‘rin. Samir Xandanovich ("Inter")
Yaqinda Handanovichni koronavirusga topshirgan tesining natijasi salbiy chiqqanligi haqida xabarlar chiqdi. Bu holatdan "Inter" muxlislari quvongani aniq. Sababi, Skudetto uchun kurashning eng qizg‘in joyiga kelganda, asosiy tarkib darvozabonidan ajralish hech kimga xursandchilik olib kelmaydi. Sloveniyalik darvozabon dunyoning eng yaxshi penaltilarni qaytaradigan futbolchilar qatorida ham e’tirof etiladi. Garchi Sloveniya terma jamoasidagi o‘rnini Oblakka bo‘shatib bergan bo‘lsa-da, uning mahoratiga hech kim shubha qilmaydi. Agar, ushbu mavsumda Handanovich Italiya chempionligini qo‘lga kiritsa, eng yaxshi mavsumlarining birini o‘tkazgan bo‘ladi.
6-o‘rin. Ederson ("Manchester Siti")
Ederson tug‘ma iste’dod bilan ajralib turadi. U nihoyatda kuchli zarbaga ega kam sonli darvozabonlardan biri. To‘pni uzoqdan egallab olish qobiliyati borligini ham aytib o‘tish kerak. Gvardiola mudofaa chizig‘i har doim kuchli futbolchilardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu esa darvozabonlarga bir qancha qulayliklarni olib keladi. Ammo bu bilan Morayesning qobiliyatiga shubha qilmang. Chunki braziliyalik darvozabon haqida u ko‘rsatgan natijalar gapiradi. U APLda to‘pni qaytarish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatgichga ega - 78,3%. Edersonning natijasini ushbu mavsum Premer-ligada boshqa darvozabonlar qayd eta olmagan.
5-o‘rin. Keylor Navas (PSJ)
Keylor ushbu reytingimizda kuchli beshlikka kiradi, chunki Navas bu yil darvoza chiziqda ajoyib o‘yinlarni namoyish etadi. "PSJ"ning uzoq muddatli yetakchi va sardori Silva jamoadan ketgandan so‘ng, himoyadagi o‘yinlar biroz yomonlashdi. Lekin ushbu holat kosta-rikalikning natijalariga ta’sir qilmadi. Tuxel jamoaning murabbiyi bo‘lgan paytda, vaqti-vaqti bilan darvozabonlarda rotasiya ishlarini amalga oshirar edi. Lekin, hozirda Pochchetino to‘lig‘icha Navasga ishonch bildirmoqda. O‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi finalida kosta-rikalikka nihoyatda qiyin bo‘ldi. Sababi, "Bavariya" parijlik raqiblariga qarshi o‘yinda raqibidan ustunroq harakat qildi. Lekin quvonarli tomoni shundaki, Navas nemislar bergan zarbalarning 86,5% qaytarishga erishdi. Joriy mavsumdagi YECHL musobaqasida ham, darvozabon ajoyib natijalar qayd etmoqda. Kuzatamiz, balki "PSJ"ning Yevropani zabt etadigan payti kelgandir?!
4-o‘rin. Tibo Kurtua ("Real")
Kurtua haligacha o‘zini Chempionlar Ligasida ko‘rsata olmadi - uning YECHLdagi natijalari yomon bo‘lsa-da, ammo La Liga ham mavjudligini unutmaslik kerak. Ispaniyada Tibo zarbalarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ba’zan ikki metrli bu yigitning tezkor harakatlar bilan sakrab, o‘ta murakkab zarbalar yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishi g‘ayritabiiydek tuyuladi. Balki, shu qobiliyati bilan doimo eng kuchlilar qatorida e’tirof etilar.
3-o‘rin. Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona")
Ter Shtegen "Barsa"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Nemis darvozaboni ancha paytdan beri kataloniya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ammo, Mark va uning jamoasining bir necha mavsumdan beri na YECHLda, na Ispaniya La Ligasida omadi kelmayapti. Sababi esa oddiy. "Barselona" Luis Enrikedan keyin o‘ziga munosib murabbiy topa olmayapti. O‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasidan sharmandali tarzda chiqib ketishi, qolaversa ichki chempionatda ham omadsiz mavsum. Lekin bularning hech birida ter Shtegenni ayblash mumkin emas. Chunki, o‘sha paytda jamoa to‘lig‘icha ishdan chiqqan edi. Joriy mavsumda nemis darvozaboni "PSJ"dan qabul qilingan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi. Ya’ni, "Kamp Nou"da kechgan uchrashuvda o‘z darvozasidan 4 marta to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Lekin, ushbu holat Markning obro‘siga ta’sir qimadi va reytingimizdan 3-o‘rindan joy oldi.
2-o‘rin. Manuel Noyer ("Bavariya")
Manuelda futbol qiziqishini yo‘qotgan mavsumlar bo‘lgan. Ehtimol, buni uning o‘yinida pasayish bo‘lganligi bilan taqqoslash mumkin. Ammo undagi bu holat kuchli darvozabonlar orasida, ikkinchi o‘rinni olishiga to‘sqinlik qilmadi. "Bavariya" o‘tgan yili Yevropada klublar bilan yutish kerak bo‘lgan barcha kuboklarni qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi darvozabon kabi individual sovrinlarga ham ega chiqdi. Bularning hammasi, uning mahoratidan dalolatdir. Ayni paytda Manuel boshchiligidagi "Bavariya" bundesliga jadvalida 1-o‘rinda ketayotgan bo‘lsa, YECHLda ham o‘z yurishini davom ettirmoqda. Ularning chorak finaldagi raqibi - "PSJ". Agar, "nemis mashinasi" ushbu jamoani ham musobaqadan chiqarib yuborsa, "shalpangquloq" kubok uchun 1-raqamli da’vogarga aylanadi. Bu esa Noyer uchun dunyoda eng yaxshilardan biri ekanligini, yana bir isbotlashi mumkin bo‘ladi.
1-o‘rin. Yan Oblak (Atletiko)
Oblakning yaxshi darvozabon ekanligi bir necha bor isbotlangan, hatto "Atletiko"ning mudofaa chizig‘ida muammolar bo‘lganda ham, sloveniyalik kiper katta sahnaga chiqib jamoasiga yordam berib kelgan, Yanning iqtidorini isbotlaydigan yana bir necha ko‘rsatgichlar bor. Birinchidan, hamma mavsumlarda ham Simeone jamoasi himoyada malakali o‘ynamaydi. Ikkinchidan, Yan terma jamoani doimo tortib yuradi va bundan Dzyubaning dubli bundan mustasno, albatta. Sababi, ushbu gollarda Oblakning aybi yo‘q. Uchinchidan, hattoki "Real" va "Barselona" jamoalarida ham kuchli darvozabonlar bo‘lsa-da, ko‘pincha aynan sloveniyalik darvozabon mavsumning eng yaxshisi bo‘ladi. Qolaversa, La Ligada eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabon ham aynan Yan hisoblanadi. Oblakning to‘rtta sovrin bor, ammo ehtimol ushbu mavsum oxirida beshinchi sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin. Ajoyib darvozabon. Ammo, uning terma jamoasi Jahon va Yevropa chempionatlarida qatnasholmasligi achinarli holatdir.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.