Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Ronalduning sardorlik bog‘ichi xayriya auksionida qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

Ronalduning sardorlik bog‘ichi xayriya auksionida qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Serbiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida kechgan Belgraddagi o‘yin paytida Krishtianu Ronaldu g‘azab bilan yerga uloqtirgan sardorlik bog‘ichi Serbiyadagi xayriya auksionida 7,5 million dinorga (63,8 ming yevro) sotildi. Mazkur ma’lumotlar juma kuni xayriya auksionining onlayn portali tomonidan e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, auksion yopilishidan oldin so‘nggi daqiqalarda bog‘ich uchun kurash yanada kuchaygan. Narx 6 million dinordan 7 million 500 ming 10 dinorgacha ko‘tarildi, ammo so‘nggi soniyalarda MozzartBet login ostida qatnashgan ishtirokchi kim oshdi savdosida kamida 10 dinor bilan raqiblarini ortda qoldirdi.

Oldinroq auksionda sardorlik bog‘ichi uchun narxlar aql bovar qilmaydigan darajada 1 milliard 280 million dinorga (10,8 million yevro) ko‘tarilgan edi, ammo ishtirokchilarning fikriga ko‘ra, takliflar to‘lovga qodir emasligi aniqlandi. «Ushbu mablag‘ bemor bolani davolashga sarflanadi», deyishdi tashkilotchilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:46, 03.04.2021.
O'qildi: 7985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик