Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

JCH-2022 saralash. Xitoy va Yaponiya o‘zi uchun taqvimni qulaylashtirib olishdi

JCH-2022 saralash. Xitoy va Yaponiya o‘zi uchun taqvimni qulaylashtirib olishdi

Baho:
+ | -

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayevning ma’lumot berishicha, JCH-2022|OK-2023 qo‘shma saralashi ikkinchi bosqichining markazlashtirilgan turniri taqvimini qulaylashtirish mumkin. Ya’ni OFK ma’lum shartlar asosida terma jamoalarga shunday huquq bergan...

***

- Xitoy va Yaponiya futbol assosiasiyalari milliy jamoa ma’muriyati qanday ishlashi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. OFK barcha milliy federasiyalarga JCH-2022 saralash turlari o‘yinlari 3, 7, 11 va 15 iyun kunlariga rejalashtirilgan taqvim yubordi. Shuning barobarida barcha mamlakatlarga oxirgi turni 15 iyundan kechiktirmaslik sharti bilan o‘yinlar taqvimini o‘zgartirish imkoniyati berildi. Qarang, Xitoyda nima qilishdi? Mamlakat milliy jamoasi «A» guruhida yana 4ta o‘yin o‘tkazishi kerak. Ya’ni OFK taqdim etgan taqvimga ko‘ra, 11 kun ichida 4ta uchrashuv. Xitoyliklar shuni inobatga olib, Guam termasiga qarshi bahsni 7 iyundan 30 mayga ko‘chirish bo‘yicha muzokara boshlashdi. Qolaversa, Filippin termasi bilan uchrashuvni 11 iyundan 9 iyunga surish rejalashtirilmoqda. Shunday taqdirda Xitoy termasi nisbatan qulayroq taqvimga ega bo‘ladi:

30 may - Guam termasiga qarshi

3 iyun - Maldiv orollari termasiga qarshi

9 iyun - Filippin termasiga qarshi

15 iyun - Suriya termasiga qarshi

Oddiy aytganda, xitoyliklar ixtiyorida asosiy raqib - Suriya termasiga qarshi hal qiluvchi o‘yingacha 6 kun qoladi. Suriyaliklar esa OFK taqvimi bo‘yicha o‘ynashadi:

7 iyun - Maldiv orollari termasiga qarshi

11 iyun - Guam termasiga qarshi

15 iyun - Xitoy termasiga qarshi

O‘z maydonida o‘ynash ustunligi taqvim qulayligi bilan uyg‘un.

Xuddi shunga o‘xshash holat Yaponiyada ham bor. Yaponlar Myanma termasi bilan o‘yinni 3 iyundan 28 mayga ko‘chirishdi. «Samuraylar» Mo‘g‘uliston termasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib bo‘lishdi va ularning taqvimi endi shunday ko‘rinishga ega:

28 may - Myanma termasiga qarshi

7 iyun - Tojikiston termasiga qarshi

15 iyun - Qirg‘iziston termasiga qarshi

Myanmaliklar ustidan qozoniladigan g‘alaba yaponlarga guruhda 1-o‘rin va uchinchi bosqichga muddatidan oldin chiqishni kafolatlaydi.

Xitoy tajribasi ibratli va u deylik, BAA yoki J.Koreya futbol assosiasiyalari tomonidan ham osongina qo‘llanilishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:03, 09.04.2021.
O'qildi: 6417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.