Mashhur Who Scored portali yakuniga yetgan «el-klasiko»dan so‘ng futbolchilarni ballik sistemada baholab chiqdi.
Unga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Leo Messi eng ko‘p ochko to‘pladi. U 7.80 ko‘rsatkich bilan istalgan «Real» a’zosidan o‘zib ketdi.
Argentinalik futbolchi uchrashuv davomida jami 7 marta darvozaga zarba yo‘llagan bo‘lsa, ularning ikkitasi aniq ko‘rinish olgan. Bundan tashqari Leo 9 marta dribling ishlatib 7 tasida raqiblarini aldab o‘tdi.
Qayd etish kerak, Serjinyo Dest o‘yinning eng yomon futbolchisiga aylandi.