Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Real Madrid" "Arsenal"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

"Real Madrid" "Arsenal"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Arsenal"da ijarada o‘ynayotgan "Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalyos mavsum oxirida Londonni tark etadi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o‘zining tvitterdagi sahifasida e’lon qildi.

Klub rahbariyati "kanonirlar" safida ikki yildan buyon o‘ynab kelayotgan futbolchining xizmatlaridan keyingi mavsumdan foydalanmoqchi.
24 yoshli Sebalyos "Arsenal"ning 33 o‘yinida maydonga tushgan va ushbu mavsumda ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Real"ning "Arsenal"ga ijaraga berilgan yana bir yarim himoyachisi Martin Edegod londonliklar safida o‘ynashni davom ettirishi mumkin.

Norvegiyalik yanvar oyida "Arsenal"ga olti oylik ijaraga o‘tgan edi. O‘shandan beri u jamoa tarkibida 13ta o‘yin o‘tkazib, unda ikkita gol urgan.

Hozirda "Arsenal" Angliya Premer-ligasida 11-o‘rinni egallab turibdi

Kiritildi: 21:48, 11.04.2021.
O'qildi: 6498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик