Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Mirjalol Qosimov: "AGMK musobaqaga shunchaki tashrif buyurmagan"

Mirjalol Qosimov: "AGMK musobaqaga shunchaki tashrif buyurmagan"

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" — AGMK (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirdi.

— Bugungi o‘yin juda ham qiziqarli bo‘ldi. Har ikki jamoa maydonga g‘alaba uchun tushdi, shunga yarasha harakatlandi. Menimcha, bugungi futbol chetdan qaraganda ham tomoshabop bo‘ldi. AGMK uchun bugungi bahs tarixiy bo‘ldi. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida o‘ynadi. "Al-Hilol" bilan safarda o‘ynash nafaqat biz uchun, balki istalgan jamoaga katta qiyinchilik tug‘diradi. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz bu musobaqaga shunchaki kelmaganmiz. Kecha aytib o‘tganimdek, guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng kimlar keyingi bosqichga chiqqani ma’lum bo‘ladi. Biz qo‘limizdan kelganicha va imkon qadar har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba uchun maydonga tushamiz hamda muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

— "Al-Hilol" nafaqat Saudiyaning, balki Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Guruhda esa "Al-Hilol"dan tashqari "Shabab al-Ahli" singari kuchli jamoalar yig‘ilgan. Shundan kelib chiqib, jamoaning kelgusi o‘yinlardagi tayyorgarligi qanday bo‘ladi?
— Har 3 kunda o‘yin o‘tkaziladi. Hozirda eng kerakligisi bu futbolchilarning jismoniy holatini tiklab olish. Hozir muqaddas Ramazon oyi. Shu boisdan ham o‘yinlar kechki vaqtga qo‘yilgan. Lekin bu jihatlar bahona bo‘lishi kerak emas. Ayni dam jamoaning jismoniy holatini o‘yindan-o‘yinga tezroq tiklab olish muhim.

— "Al-Hilol"ning kamchiliklarini qay tariqa topdingiz va ularning kamchiligi haqida gapirib o‘tsangiz. Shuningdek, jamoangizni ikkinchi bo‘limga qanday tayyorladingiz?
— Oddiy. Jamoamiz OCHL guruh bosqichida ilk bor o‘ynamoqda va ko‘plab futbolchilar uchun mazkur musobaqa ilk nufuzli turnir. Shu boisdan ham ularda his-hayajon bo‘lishi normal holat. Birinchi bo‘limdagi dastlabki 20 daqiqa jamoa yomon harakat qilmadi. Tanaffusda futbolchilarga biz bu musobaqaga shunchaki kelmaganimizni ta’kidladim. Birinchi navbatda futbolchilar o‘z o‘yinlaridan rohatlanishi va muxlislar uchun o‘ynashi lozim. Birinchi taymga qaraganda ikkinchi bo‘limda ancha erkin va xotirjam o‘ynashdi hamda bu o‘z natijasini berdi. Raqib kamchiliklari haqida gapirish esa meni odatimga zid. Men hech qachon raqib jamoaning muammo yoki kamchiliklari haqida ommaga gapirmaganman va qoidamga hozir ham amal qilaman. Tashqaridan turib gapirish oson.

— Bugun guruhda durang natijalari qayd etildi. Kelgusi o‘yinlarda natijalar qanday bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
— Natija borasida ham hech qachon bashorat qilmaganman. Biz doim g‘alaba uchun maydonga chiqamiz va Alloh bergani bo‘ladi. Agarda natijalarni avvaldan bilganimda, bu yerda o‘tirmagan bo‘lardim. Hammasini o‘yinlar ko‘rsatadi. Uchrashuvdan avval esa yaxshi niyat qilib, bo‘lajak bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va chiroyli o‘ynab, faqat g‘alaba uchun intilamiz.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 05:33, 16.04.2021.
O'qildi: 5180 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.