Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako - Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta - Chelsi
10/12 01:00 Barselona - Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter - Liverpul
10/12 01:00 PSV - Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem - Slaviya
10/12 01:00 Yunion - Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Islombek Ismoilov: «Asosiy vazifani bajardik, lekin ikkinchi vazifani uddalay olmadik»

Islombek Ismoilov: «Asosiy vazifani bajardik, lekin ikkinchi vazifani uddalay olmadik»

Baho:
+ | -

"Navbahor" va "Turon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar  murabbiyi Islombek Ismoilov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugun durang adolatli natija bo‘ldi. Har ikki jamoada qator vaziyatlar yaralgan bo‘lsa-da, ulardan foydalana bilmadik. Garchi o‘yin muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsada, u ancha jangovar ruhda o‘tdi.

"Navbahor" doimo o‘z uyida raqiblariga jiddiy qiyinchilik tug‘diradi, chunki jamoaning muxlislari yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi. Lekin baribir, maydonda asosiy ishni futbolchilar bajarishadi. Har ikki jamoaga ochko suv va havodek zarur edi. Bizga ham, mezbonlarga ham g‘alaba kerak edi. Shu bois, har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan to‘p surishdi. Jamoa yillar davomida shakllanadi, buning uchun vaqt kerak. Jamoada ko‘plab legionerlar bor, til borasida muammo bor. Futbol — bu muloqot, futbolchilar maydonda o‘zaro muloqot qilib o‘ynashlari kerak. Shu masalada biroz muammo tug‘ilmoqda. Bugungi asosiy vazifamiz gol o‘tkazib yubormaslik edi, buni bajardik. Lekin ikkinchi vazifa gol urishni uddalay olmadik.

To‘g‘ri, bugun yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. Asilbek Qayumov Superligada debyut qildi, asta-sekin o‘z o‘yinini topib oladi. Bilol Toshmirzayev haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Bu futbolchilar shu kungacha Superliga havosini ko‘rmagan, lekin vaqt o‘tgani sari elitaga ko‘nikib olishadi.

Karikarini almashtirishimizga sabab, o‘yin davomida ko‘rdikki, har ikki jamoa asosiy e’tibor uzun uzatmalarga qaratdi. Bizning futbolchilar ikkinchi qavatdagi kurashlarda yutqazishdi. Karikari Azimjon Ahmedov bilan kurashda yutqazdi. Shuning uchun uni almashtirdik.

G‘iyos Komilovda jarohat bor edi. Jahongir Mehmonovni esa bugungi o‘yindagi holatdan kelib chiqib, maydonga tushirmadik, boshqa futbolchilarimizga imkoniyat berdik. Mehmonov tajribali futbolchi, uning keyingi o‘yinlarda foydasi tegishiga ishonaman", — deb fikrini yakunladi Islombek Ismoilov.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 23:06, 16.04.2021.
O'qildi: 3726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.