Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Atletiko», «Real Madrid» va «Barselona». Yoxud La liga poygasida kim g‘alaba qozonadi?

«Atletiko», «Real Madrid» va «Barselona». Yoxud La liga poygasida kim g‘alaba qozonadi?

Baho:
+ | -

Aprel o‘rtalariga kelib, Yevropaning aksariyat kuchli chempionatlarida chempionlik poygasi deyarli tugab bormoqda. "Bavariya" eng yaqin ta’qibchisidan 5 ochko oldinda, "Manchester Siti" va "Inter" o‘z chempionatlarida 11 ochko bilan oldinda ketib, deyarli chempionlik masalasini hal qilib qo‘yishdi. Faqatgina ikki mamlakat chempionatlarida hamon intriga saqlanib qolmoqda. Bular Fransiya Liga 1 musobaqasi, hamda Ispaniya La ligasi. Fransiyada chempionlik poygasi ancha qiziq bo‘lmoqda. Ayni paytda, Liga 1 da "Lill" yetakchisi bo‘lsa, ushbu jamoani "PSJ" bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda, 4 ochko bilan ta’qib qilmoqda. Parijliklarni esa "Monako" va "Lion" quvib bormoqda. Mazkur jamoalar orasidagi farq, atigi 1 ochko. Shunday bo‘lsa-da, ushbu mavsumning eng yaxshi intihosi Ispaniya Primerasi bo‘lishi kutilmoqda. Chunki, chempionat tugashiga 8 tur qolganda, birinchi, ikkinchi va uchinchi jamoa orasidagi ochkolar soni bittadan tashkil qilmoqda.

"Atletiko" 67 ochko bilan peshqadam bo‘lsa, "matraschilarni" 66 ochko
bilan "Real" va 65 ochko bilan "Barselona" ta’qib qilmoqda. Hozir esa biz sizlar bilan aynan La liga haqida gaplashmoqchimiz. Natijalar, jamoalarning hozirgi holati va uchrashuvlar taqvimi haqida. Keling, jamoalarning har birining oltin uchun imkoniyatlarini baholab ko‘ramiz.

Atletiko

Jamoaning hozirgi holati

Yanvar oyida, "Atletiko" mavsumni ijobiy tomonlama xotirjamlik bilan yakuniga yetkazishi mumkin edi. Simeone jamoasi 19 turda 16 g‘alabani qo‘lga kiritdi va ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 10 ochko oldinda borayotgan edi. Ammo o‘sha paytdan boshlab, jamoadagi bir qator futbolchilar jarohat orttirib oldi, shuningdek Suares muntazam ravishda gol urishni to‘xtatdi, Feliksning o‘yinlari avvalgidek emas edi. Yaqinda ushbu futbolchilarning ikkalasi ham jarohat olishdi va Simeone uchun vaziyat yanada yomonlashib ketdi. Qolaversa, Mussa Dembele va Tom Lemarning sog‘lig‘ida ham jiddiy muammolar bor. Shundan keyin "matraschilarning" natijalari pastab ketdi. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, o‘sha paytda Madrid jamoasi ikkita frontda harakat qilayotgan edi. Ammo hozirda "Atletiko" Chempionlar Ligasida qatnashmayapti, shu sababli klub barcha kuchlarini ichki chempionatga qaratishi tayin.


Taqvim

Oxirgi turlarda "Atletiko"ning o‘yini unchalik chiqmayapti. Saviya jihatdan o‘zidan pastroqda turadigan jamolarga qarshi uchrashuvlarda ham ochko yo‘qotishi, klubnning oxirgi turlarda zarariga ishlashi mumkin. Aprel oyi boshida "Sevilya"dan uchralgan mag‘lubiyat, o‘tgan turda "Betis" bilan qayd etilgan durang shular jumlasidandir. Ammo agar Simeone jamoasi keyingi ikki turda "Eybar" va "Ueska"ga qarshi "Vanda Metropolitano"da kechadigan bahsda g‘alaba qozonishsa, o‘zlarini ruhiy jihatdan ancha yaxshilab olishlari mumkin. Chunki, ushbu uchrashuvlardan keyin, "matraschilar"ni ikkita qiyin uchrashuv kutib turmoqda. Ya’ni, Bilbaoning "Atletik" klubi, hamda "Kamp Nou"da "Barsa" bilan kechadigan super qarama-qarshilik. Katta ehtimol bilan "Atletiko"ning chempionatdagi taqdir ham aynan kataloniyaliklarga qarshi uchrashuvda hal bo‘lishadi. Agarda, "Barsa" maydonidan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘lsa, unda bu yog‘iga madridliklari hech narsa cho‘chitmaydi.

"Real Madrid"

Jamoaning hozirgi holati

Raqiblaridan farqli o‘laroq, "Real Madrid" Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. Ha, haqiqatdan ham Zidan boshchiligidagi jamoa oxirgi oylarda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Madrid jamoasi YECHLdagi oxirgi ikki uchrashuvda "Liverpul"ni mahv etilishi, ayniqsa 10-aprelda azaliy va asosiy raqibi "Barselona"ni mag‘lubiyatga uchratishdi. "El klasiko" haqida oddiy tilda gapiradigan bo‘lsak, Zidan va uning jamoasi "kataloniyaliklar"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. "Real Madrid" jamoasini hozirgi kunda yosh va umidli futbolchilar emas, balki ko‘plab tajribali charm to‘p ustalari oldinga yetaklamoqda. Birinchi navbatda maydon markazini Modrich bilan Kroos boshqarmoqda. Shuningdek, Benzema asosiy uchrashuvlarda gol urib, jamoada g‘oliblik ruhini uyg‘otib kelmoqda. Ammo ularni Chempionlar Ligasida "Chelsi" bilan ikkita qiyin yarim final kutib turibdi. Bundan tashqari, Ramos, Vaskes, Karvaxal va odatdagidek Azar jamoaga yordam bera olmayotgani, birozgina muxlislar kayfiyatiga ta’sir o‘tkazadi.

Taqvim

Ammo, Zidanning keyingi uchrashuvlarga kuchini qanday taqsimlash bo‘yicha yetarlicha tajribasi bor. Agar "Xetafe" va "Kadis" bilan navbatdagi safar uchrashuvlarida "qaymoqranglilar" ochko yo‘qotmasa, u holda oldinda "Betis", "Osasuna" va "Sevilya" bilan ketma-ket bo‘ladigan uchta uy uchrashuvida nisbatan osonroq o‘yinlar bo‘ladi. Chunki,  safar uchrashuvlari jamoani toliqtirishi va bu esa klub o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Umuman olganda, agar may oyidagi uchrashuvlarni ijobiy tomonlama hal qila olsa, unda La liga oltin medallariga asosiy da’vogar hisoblanishadi. Chunki, ushbu vaqt oralig‘ida "Barselona" va "Atletiko" uchrashishadi va ushbu uchrashuvda qaysidir jamoa, ehtimol ikkisi ham ochko yo‘qotishi aniq. Ana shu uchrashuvgacha Zidan jamoasi yaxshi natija ko‘rsata olishsa, unda ketma-ket ikkinchi marta Ispaniya chempionati oltin medallariga ega chiqishga imkon paydo bo‘lishi mumkin.

"Barselona"

Jamoaning hozirgi holati

"El klasiko"dagi mag‘lubiyat va birinchi o‘rindan "Atletiko" bilan oradagi farq ikki ochko bo‘lishiga farqiga qaramay, "Barselona" oltin medallarni qo‘lga kiritish uchun qolganlardan ko‘proq imkoniyatga ega. Birinchidan, Kuman jamoasi yaxshi holatda va jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Ha, Koutinyo va Fati jamoa tarkibida emas, ammo "Barsa" deyarli butun mavsumni ularsiz o‘tkazganini hisobga olsak, bu katta yo‘qotish hisoblanmaydi. Chunki, kataloniyaliklar ularsiz o‘ynashga ko‘nikib bo‘ldi. Ikkinchidan, kataloniyaliklar o‘rta toifali va autsayder jamoalar bilan o‘yinda ochko ishlashni qoyillatishadi. Chunki, Kuman jamoasini keyingi uchrashuvlarda "Atletiko"ni aytmasa, deyarli jiddiy raqiblari qolmadi.

Taqvim

Aytganimizdek, "Barselona" mavsumning qolgan qismida juda oson raqiblarga qarshi maydonga tushishadi. Oldinda "Atletik" bilan Kubok finali, La ligada esa "Valensiya", "Vilyarreal", "Levante" va "Eybar" kabi jamoalarga qarshi safar uchrashuvlari kutib turibdi. "Kamp Nou"da kechadigan eng qiyin o‘yin "Atletiko"ga qarshi. Qolganlari, "Xetafe", "Granada" va "Selta"ga bilan uchrashuvlar kutib turibdi. Agarda, Kuman shogirdlari "matraschilarni mag‘lub eta olishsa, qolgan bahslarda ochko yo‘qotishi qiyin masalaga aylanadi va faqatgina "Real"ni qoqilishini kutishadi, xolos. Kuman mavsumni Ispaniya chempioni sifatida yakunlash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. Faqatgina, ushbu taqvimdan maksimal darajada ijobiy foydalanish kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:14, 17.04.2021.
O'qildi: 7634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.