Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu: «Istiqlol»ga qarshi ikkinchi to‘qnashuv

Prevyu: «Istiqlol»ga qarshi ikkinchi to‘qnashuv

Baho:
+ | -

AGMK Osiyo chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini eski tanishi Tojikiston chempioni "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Joriy yil OCHL guruh bosqichida debyut qilayotgan mazkur jamoalar 2019 yilda OCHL saralash bosqichi doirasida Olmaliqda o‘zaro to‘qnash kelishgan va dramatik kechgan bahsda jamoamiz ajoyib "kambek"ni (4:2) amalga oshirgandi.

Oradan ikki yil o‘tib jamoalar nihoyat Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olishni uddalashdi hamda bir guruhda joylashishdi.

2019 yilgi tarkibdan 8 nafari Suhrob Sultonov,  Mirg‘iyos Sulaymonov, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Mirjamol Qosimov, Dilshod Jo‘rayev, Jasur Umarov, Zafar Polvonov hozir ham jamoamiz sharafini himoya qiladi. O‘shanda Sultonov va Umarovdan tashqari 6 nafar futbolchi "Istiqlol"ga qarshi bahsda ishtirok etgan va gollarni Jo‘rayev (dubl), Polvonov va o‘tgan mavsum avvalida jamoadan ketgan Shixov kiritgandi.

"Istiqlol"ni ayni paytda Vitaliy Levchenko boshqarmoqda. OCHLda esa bosh murabbiyda Pro lisenziyasi bo‘lmagani bois yordamchi murabbiy Mubin Ergashev rasman bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilgan. Jamoa musobaqaning ilk turida "Shabab al-Ahli" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va guruhda 2-tur oldidan barchada bir xil 1 ochkodan mavjud.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa bugun o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini klub ixtiyoriga foydalanish uchun topshirilgan maydonda o‘tkazdi. Jamoa derbiga jiddiy tayyorlandi va futbolchilar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lajak bahsga taraddud ko‘rishmoqda.

AGMK mazkur turda "Istiqlol" bilan o‘ynasa, parallel ravishda guruhdagi boshqa raqiblarimiz "Shabab Al Ahli" "Al Hilol" bilan bellashadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

OCHL, "A" guruhi. 2-tur.
18 aprel, yakshanba.
AGMK (O‘zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
Ar-Riyod, "King Fahad International" stadioni.
Hakamlar: Mohd Amirul Izvan (Malayziya), Mohd Yusri Muhamad (Malayziya), Parakkrama Hemathunga (Shri Lanka), Dilan Perera (Shri Lanka).
Nazoratchi: Nosir al-G‘afforiy Iordaniya)
Komissar: Munem Fahuriy (Iordaniya)

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 06:45, 18.04.2021.
O'qildi: 3726 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.