Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Futbolda inqilob: Superliga rasman tuzildi!

Futbolda inqilob: Superliga rasman tuzildi!

Baho:
+ | -

Biz o‘rgangan ko‘rinishdagi Yevropa futbolini butkul o‘zgartirib yuborishi kutilayotgan Superliga tuzilgani haqida rasman e’lon qilindi. Boshqacha ta’bir bilan aytganda, aprel oyi kechalarining birida tarqatilgan maxsus press-relizlar orqali yevrofutbolda kichik inqilob yuz berdi. Hozircha bilan buni kichik inqilob deya turamiz. Ammo u yirik bo‘lib chiqishi hech gap emas!

Har qanday inqilobda bo‘lgani kabi bunisining ro‘y berishi haqida ham ancha yillardan beri gap so‘zlar mavjud edi. Yevropaning top jamoalari moliyaviy jihatdan zaifroq bo‘lgan boshqa klublar bilan foydani bo‘lishgilari yo‘q.

Hozirda 12 ta jamoa yangi musobaqada ishtirok etish maqsadini bildirgan va turnir ta’sischisi maqomida qayd etilgan. Bular «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Real Madrid», «Barselona», «Atletiko», «Yuventus», «Milan» va «Inter». Asosiy rollarda Florentino Peres («Real M») va Andrea Anyellini («Yuventus») ko‘rish mumkin. Bundan tashqari Joyel Gleyzer (MYU) nomi ham tilga olinmoqda.

Musobaqa formati

Musobaqada 20ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ulardan 15tasi ta’sischi klublar hisoblansa, qolgan 5 jamoani tanlab olish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvlar hafta o‘rtasida o‘tkaziladi. Barcha klublar o‘z milliy chempionatlarida ishtirok etishda davom etadi. Shu bois, ichki chempionatlar saqlab qolinadi.

Musobaqa 2021 yilning avgust oyida boshlanishi kutilmoqda. Jamoalar 10tadan ikki guruhga ajratilishadi. Guruh bosqichida klublar uy-safar tizimida jami 18ta o‘yin o‘tkazishadi. Dastlabki 3ta o‘rinni egallagan klublar avtomatik ravishda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa, 4 va 5-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off tizimi orqali chorak finalga chiqqan yana 2ta klub nomiga aniqlik kiritishadi.

Uyog‘iga chorak final va yarim final bosqichi o‘yinlari 2ta bosqichdan iborat bo‘ladi. May oyi so‘ngida esa final bahsi neytral maydonda o‘tkaziladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:21, 19.04.2021.
O'qildi: 13302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик