Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Legionerlarimiz: Umarovdan samarali harakat

Legionerlarimiz: Umarovdan samarali harakat

Baho:
+ | -

Bu safar golga assistentlik. Belarus chempionatida o‘zini erkin his qilayotgan Shahboz Umarov (BATE) milliy liga 5-turida o‘z hisobiga samarali uzatma yozib qo‘ydi. E’tiborli tomoni, borisovliklar bu safar hamyurtimizning sobiq klubi - «Energetik-BGU»ni qabul qilib, 2:1 ko‘rinishida g‘alaba qozonishdi. 79-daqiqaga qadar maydonda faol harakatlangan Shahboz birinchi bo‘lim yarmida jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qilib, g‘alabaga munosib ulush qo‘shdi. «Shaxtyor» hujumchisi Shahzod Ubaydullayev esa jamoasining «Slaviya»ga qarshi uy uchrashuvi (4:1) qaydnomasidan chetda qoldi.

Yana zaxiradan. «Jenoa» Italiya «A» seriyasi 31-turida «Milan» mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida yengildi. Genuya jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bu safar ham o‘yinga zaxiradan qo‘shildi. Aniqrog‘i, hamyurtimiz 74-daqiqada Janluka Skamakka o‘rnini egalladi.

66 daqiqa harakat. Qozog‘iston Premyer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Qiziljar» - «Aktobe» uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida ustun kelishdi. G‘olib jamoa hujumchisi Igor Sergeev bu o‘yinda 66-daqiqagacha harakatlandi. «Aktobe» ke­yingi tur o‘yinini kecha o‘z maydonida «Shaxtyor» (Qaraganda)ga qarshi o‘tkazdi.

Rossiya va Ukrainada jimlik. Rossiyadagi legionerlarimiz - Oston O‘runov («Ufa»), Vitaliy Denisov («Tom»), Bobur Davlatov va Vagiz Galiulin («Nefteximik») jamoalarining oxirgi o‘yinida ko‘rinish berishmadi. Shuningdek, «Rux» vakili Bobur Abduxoliqov ham Ukraina chempionati 22-turida «Ingules»ga qarshi kechgan bahs (0:0) qaydnomasiga kiritildiyu, maydonga tushmadi.

«K»-ligada «sariq», xolos. Janubiy Koreya «K»-ligasi 10-turida hamyurtlarimizdan birgina Rus­tam Ashurmatov to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, ikkinchi bo‘lim yarmida sariq kartochka oldi. Uning klubi «Kanvon» esa «Suvon Siti» safaridan mag‘lubiyat bilan qaytdi - 1:3. «Seongnam» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov esa «Chonbuk Motors» bilan o‘yin (0:1) qaydnomasiga kiritilmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:22, 20.04.2021.
O'qildi: 3409 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик