Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Piter Xyuistra: "Ko‘proq golli vaziyat yuzaga keltirib, g‘alaba qozonishga urinamiz"

Piter Xyuistra: "Ko‘proq golli vaziyat yuzaga keltirib, g‘alaba qozonishga urinamiz"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" - "Sharja" o‘yinidan avvalgi matbuot anjumanida bosh murabbiy Piter Xyuistraga yarim himoyachi Hojimat Erkinov hamrohlik qildi.

Xyuistra: - Birinchi davrada yetarlicha ochko jamg‘ara olmadik. Shu sababli ertaga bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Oldingi bahsdagi xatolarni o‘rgandik, tahlil qildik. Jamoam o‘yinni juda yomon o‘tkazdi deb o‘ylamayman, ammo himoyaviy harakatlarda ko‘ngildagidek o‘ynay olmadik. Himoya faqat himoyachilarning harakatidan iborat emas, unda butun jamoa ishtirok etadi. Jamoaviy harakat bo‘lishi kerak. Qolaversa, to‘pni nazorat qilish orqali ko‘proq imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu borada uyg‘unlikni yuzaga keltirish darkor. Chempionlar Ligasida buni uddalashga urinib ko‘ramiz. Birinchi bellashuvda 70 foiz holatda to‘pni nazorat qildik, ammo bu samara bermadi. Endi vaziyatlarni ko‘proq sodir etishga intilamiz.

"Sharja" yaxshi saviyadagi jamoa. Ertaga Koronado maydonga tushgan taqdirda ular yanada xavfli bo‘ladimi? Biz o‘z o‘yinimizni, yuqori saviyamizni ko‘rsata olsak, juda yaxshi jamoamiz. Aynan shuni uddalashga harakat qilamiz. Dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga haqli edik, ammo omadimiz kelmadi. "Sharja" bilan birinchi bahsda esa xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bularni tuzatishga urinamiz. Bosim bor holatda barcha ishlar yaxshi bo‘lishi kerak.

Erkinov: - Biz ertaga juda katta ahamiyatli o‘yinda maydonga tushamiz. Bu raqibga qarshi birinchi o‘yindagi xatolarni murabbiyimiz tushuntirib o‘tdi. Kerakli ko‘rsatmalar beriladi va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:13, 22.04.2021.
O'qildi: 3203 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.