Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Diyor Imomxo‘jayev «Istiqlol» «Al-Hilol» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabasi haqida: «Qo‘shnilarimiz uchun xursandmiz»

Diyor Imomxo‘jayev «Istiqlol» «Al-Hilol» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabasi haqida: «Qo‘shnilarimiz uchun xursandmiz»

Baho:
+ | -

Biz bugun qo‘shnilarimiz uchun xursandmiz. Dushanbening "Istiqlol" klubi Chempionlar ligasidagi debyut mavsumida ajoyib yurishni amalga oshiryapti.

Ochig‘i, bu unchalik ajablantirayotgani yo‘q. Chunki "Istiqlol" bunga bosqichma-bosqich yetib keldi. Ikki yil avval Toshkentda "Lokomotiv"ning yaxshi shakllangan tarkibini bejizga mag‘lub etmagandi, bekorga AGMK darvozasiga o‘sha kuni 3 ta gol urmadi va albatta OFK kubogida so‘nggi 5 yil ichida bekorga ikki marta finalda to‘p surmadi.

Chunki "Istiqlol" Tojikiston milliy termasi bazasi sifatida shakllantirilgan. Mamlakat prezidentining o‘g‘li, bugungi kunda Tojikiston FA prezidenti Rustami Emomali "Istiqlol"ni yangi bosqichga olib chiqdi deyish mumkin. Va bu 2002 yillardagi "Paxtakor"ni juda yodga solib yuboradi. Yodingizda bo‘lsa, "Paxtakor" ham Chempionlar ligasidagi ilk yurishida yarim finalga qadar yetib borgan, butun Osiyo uning o‘yinlari haqida bong urgan.

Ammo "Paxtakor"ning terma o‘zagi sifatida shakllantirilishi bizning futbolda olamshumul burilish yasamadi. Bitta yaxshi avlod yetishib chiqqanini aytmasa, biz na mundialga chiqdik va na Osiyoni zabt etdik. Qaytaga milliy chempionat uzoq yillar davomida chalajon ko‘rinishga keldi, "Paxtakor" raqobatdan holi jamoaga aylanib qoldi.

Tojikiston futboliga ham bu jihat xavf solishi mumkin. Biz bugun qo‘shnilar quvonchiga sherikmiz albatta. Va ularga biz yo‘l qo‘ygan xatolardan xulosa qilishlarini, iloji boricha ularni chetlab o‘tishga intilishlarini tilaymiz. Bugungi "Istiqlol"ning deyarli Tojikiston milliy termasi ekani mana shunday xulosamizga sabab. Hozircha esa ularga fantastik g‘alaba muborak bo‘lsin deymiz:

"ISTIQLOL" – AL-HILOL 4:1
Gollar: Manuchehr Jalilov (39, 44), Manuchehr Safarov (49, 53) — Gomis (24)

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 06:00, 25.04.2021.
O'qildi: 5672 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.