Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Hakamlik faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Hakamlik faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda hakamlikni rivojlantirish, yosh hakamlarni saralab olish va ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maslalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududiy futbol assosiasiyalari birinchi vise-prezidentlari, texnik direktor va hakamlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari o‘z hududida hakamlik sohasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

O‘zbekistonda professional futbolni ravnaq topishida nafaqat murabbiylar, futbolchilar balki hakamlarni saviyasini oshirish muhim omil hisoblanadi. Professional futbolni professional hakamliksiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu sababli bugungi yig‘ilishda, yurtimiz futbolida hakamlik faoliyati hozirgi kunda qoniqarsiz ekanligi, ushbu sohani rivojlantirishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va hududlardagi mas’ul vakillarning ish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti hakamlarni tanlab olish va tayyorlash mezonlari asosida hududlardagi jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega yosh hakamlarni tanlab olib, ularni tajribali hakamlar saviyasiga olib chiqish borasida barcha mas’ul mutaxassislarga topshiriq berdi.

Ikkinchi liga, turli yosh toifasidagi viloyat va shahar chempionatlarida yosh hakamlarga imkoniyat berish, professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini taqdim etish hamda seminar-treninglar soni va sifatini oshirish bo‘yicha hududlardagi mas’ullar har kuni ish olib borishi zarur ekanligi ta’kidlandi.

Ravshan Ermatov istiqbolli yosh hakamlarni nafaqat futbol akademiyalari bitiruvchilari balki IBO‘SM, BO‘SM tarbiyalanuvchilari va faoliyatini yakunlagan futbolchilar orasidan tanlab olish orqali ushbu yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Kiritildi: 10:00, 27.04.2021.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.