Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

YECHL. "Chelsi"ning "Real"ga kuchi yetadimi yoxud Madridda bugun katta futbol (prevyu)

YECHL. "Chelsi"ning "Real"ga kuchi yetadimi yoxud Madridda bugun katta futbol (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugundan Chempionlar Ligasi yarim final uchrashuvlari boshlanadi. kun taqvimidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin Madridda bo‘lib o‘tadi. "Real" o‘z maydonida Londonning "Chelsi" jamoasini qabul qiladi. Hozir esa biz sizlarga mazkur uchrashuv atrofidagi yangiliklar, o‘yin oldi yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

Madridning "Real" jamoasi Chempionlar Ligasidagi dastlabki uchrashuvlarda biroz qiyinchilikka uchradi. Jarohatlar bilan bog‘liq muammo klubning bir qancha uchrashuvlarda muammolarga sabab bo‘ldi. Garchi, hozir "qaymoqranglilar" yaxshi o‘yinlar o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, lekin jarohatlardan haligacha to‘liq qutulgani yo‘q. Ispaniya klubi yarim finalga chiqish uchun guruhda "Borussiya M", "Inter" va "Shaxtyor" ortda qoldirdi.1/8 finalda "qirollik klubi"ga Italiyaning "Atalanta" jamoasi raqib bo‘ldi va Zidan shogirdlari har ikki uchrashuvda ham bergamoliklarni mag‘lub etib (1:0, 3:0), chorak final yo‘llanmasiga ega chiqqan. 1/4 finalda "Real" "Liverpul" qarshiligini sindirib, yarim final yo‘llanmasiga yo‘llanma oldi. Bugun esa "qaymoqranglilar"ga Angliyaniing boshqa jamoasi "Chelsi" raqiblik qiladi.


"Chelsi"ning Chempionlar Ligasidagi safari nisbatan biroz osonroq boshlangan. London jamoasi guruhda "Sevilya", "Renn" va "Krosnadar" bilan joylashgan edi. "Arstokratlar" qiynchiliksiz guruh masalasini hal qilib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi. 1/8 finalda Tuxel shogirdlari Madridning boshqa bir jamoasi "Atletiko"ga qarshi maydonga tushib, har ikkala uchrashuvda javobsiz 3ta to‘p kiritib, chorak final chiptasini qo‘lga kiritishdi. "Chelsi" 1/4 final doirasidagi uchrashuvda "Portu" raqiblik qildi va "ajdarlar"ni umumiy 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

"Real Madrid"

Azar bugun sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Ikki yil oldin Eden Azar "Chelsi" klubini dunyoning eng yaxshi yulduzlaridan biri sifatida tark etdi. Belgiyalik uchun Madrid klubi 115 million yevro to‘lagan edi. Azar "qaymoqranglilar" tarkibida o‘ynash uning eng katta orzularidan biri ekanligini hech qachon yashirmagan va bu amalga oshdi ham. Ammo haqiqat Edenning kelajagi haqidagi hayollaridan ancha qattiqroq bo‘lib chiqdi: to‘liq bo‘lmagan ikki mavsumda belgiyalik jarohatlar tufayli 358 kunni shifoxonada o‘tkazib yubordi. Azar "Real"ning zamonaviy tarixidagi narx va o‘yin sifati jihatidan eng katta omadsiz xaridi deb aytish mumkin. Hatto, "Milan"dan boshqa klubda o‘zini erkin sezmagan Kaka transferi ham Edenning faoliyati oldida hech narsa emas.
Mushakning so‘nggi jarohatini tiklash uchun Azarga yana 38 kun kerak bo‘ldi. Vanihoyat Eden shanba kuni maydonga tushdi va "Betis"ga qarshi 14 daqiqa o‘ynadi. Ushbu uchrashuvda belgiyalik hech qanday golli harakatlarni amalga oshirmadi (butun jamoa singari), ammo u mavsumning eng asosiy uchrashuvlaridan biri oldidan kerakli amaliyotni o‘tkazdi. Balki, "Chelsi"da Azar ruhiyatining bir bo‘lagi qolgandir, London klubisiz belgiyalik yangi klubda normal o‘ynay olmayotgandir va ehtimol yuzma-yuz uchrashuvda o‘yini butun dunyoga zavq bag‘ishlagan futbolchining qaytishi boshlanar? Kuzatamiz.

Maydon markazida yo‘qotish

Toni Kroos, Kazemiro va Luka Modrich Chempionlar Ligasi yarim finalining eng yaxshi markaziy himoyachi juftliklaridan hisoblanadi. Ammo, bugun ushbu uchlikni maydonda to‘liq ko‘rmasligimiz mumkin. Sababi, Toni Kross 3 uchrashuvdan beri sonidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmayapti. Katta ehtimol bilan bugun ham nemis futbolchisini maydonga tushmaydi. Markazdagi ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun Zidanda bir nechta variantlar bor. Xususan, Isko, Arribas va Blanko kabi futbolchilar Krossning o‘rniga maydonga tushishi mumkin. Bunday sharoitda Zinedin jamoasiga Federiko Valverde ham yordan berishi mumkin edi, ammo urugvaylik koronavirus bilan kasallanib qoldi va yaqin orada maydonga tushmaydi.  Shuningdek, bugungi uchrashuv oldidan "Real"ning himoyasida katta yo‘qotishlar bor deyish mumkin. Oxirgi uchrashuvlarda Dani Karvaxalning o‘rniga maydonga tushayootgan Lukas Vaskes, jamoa yetakchisi va sardori Serxio Ramos hamda chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Albatta, bu kabi jarohatlar yarim final uchrashuvi uchun biroz ko‘plik qiladi, ammo Zidan o‘ziga yarasha rejalarni tuzib qo‘ygani aniq.

"Chelsi"

"Chelsi"ning hujumda muammolari bor.

Tomas Tuxel boshchiligida "Chelsi" ancha pragmatik jamoa bo‘lib, Mourinyo davridagi eng yaxshi o‘yinlar an’analarini yana qaytarib, o‘yin davomida bir yoki ikkita gol bilan g‘alaba qozonadigan klubga aylanib bormoqda. Biroq, so‘nggi uchrashuvlarda bu pragmatizm noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi va londonliklar "Kristal Pelas" darvozasiga naq to‘rtta gol urishga erishdi. Ammo, oxirgi ikki turda "ko‘klar" kam gol urish rejimiga yana o‘tib oldi. Tuxel jamoasi "Brayton"ga qarshi o‘yinda 0:0 hisobi qayd etgan bo‘lsa, "Vest Xem" maydoniga safar uyushtirib 1:0 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytishga erishishdi.

Meyson Maunt "Chelsi"ning haqiqiy yetakchisiga aylandi.

Frenk Lempard "ko‘klar" bosh murabbiyi lavozimidan ketganidan so‘ng, londonliklar muxlislarining asosiy qo‘rquvi natijalarning pasayishi yoki kelasi yil Chempionlar Ligasiz qolib ketish ehtimoli emas, balki Meyson taqdiri edi. Mauntni "Chelsi"ning yosh tarbiyalanuvchisi hali "Derbi Kaunti"da ijarada bo‘lganida Frenk rahbarligidagi murabbiylar kashf qilishdi va o‘z uyiga qaytarib darhol jamoaning o‘yinida muhim rol o‘ynaydigan futbolchiga aylantirishdi. Unga ko‘ra Lempard ham Mauntni asosiy tarkibda tushurib, unga cheksiz ishondi. Tomas Tuxelning kelishi futbolchining jamoadagi mavqeiga katta ta’sir ko‘rsatmadi: Futbolchi hanuzgacha asosiy tarkibda o‘yinchisi bo‘lib, nafaqat hujum guruhida, balki biroz maydonning istalgan hududida o‘zini erkin tutmoqda. "Chelsi" dispecheri Mauntni hozirda klubning yuragi deyishimiz mumkin. Chunki, unda hozirda yetakchilik, o‘yinni his qilish va tezkorlik qobiliyatlari bor. Chempionlar Ligasi yarim finali Meysonning karerasida birinchi marta bo‘lib turibdi.

Bugungi bahs oldidan "Chelsi"da deyarli yo‘qotish yo‘q. Faqatgina, Mateo Kovachich maydonga tusha olmasligi mumkin.


Ehtimoliy tarkib.

"Real Madrid" (4-3-3): Kurtua, Nacho, Varan, Militao, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko, Vinisius, Benzema, Asensio.


"Chelsi" (3-4-2-1): Mendi, Aspilikueta, Silva, Ryudiger, Chiluell, Jorjinyo, Kante, Jeyms, Maunt, Ziyesh, Havers

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 14:48, 27.04.2021.
O'qildi: 8315 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.