Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Tomas Tuxel «Chelsi» bilan top-murabbiylarga qarshi 7 ta o‘yin o‘tkazib, ularning birortasida yutqazmadi

Tomas Tuxel «Chelsi» bilan top-murabbiylarga qarshi 7 ta o‘yin o‘tkazib, ularning birortasida yutqazmadi

Baho:
+ | -

«Chelsi» Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki bahs doirasida kechgan 27 aprel kungi uchrashuvda «Real» bilan durang o‘ynadi (1:1).

Londonliklar Tomas Tuxel qo‘l ostida top-murabbiylarga qarshi bahslardagi mag‘lubiyatsiz seriyani 7 ta o‘yinga yetkazdi.

«Chelsi» Premyer Ligada Joze Mourinyoning «Tottenhem»ini (1:0), Yurgen Kloppning «Liverpul»ini (1:0), Karlo Anchelottining «Everton»ini (2:0), Angliya Kubogi yarim finalida esa Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»sini (1:0) mag‘lub etgandi.

Chempionlar Ligasi 1/8 finalida esa «Chelsi» Diyego Simeone qo‘l ostidagi «Atletiko»ni ikki o‘yinda ham (1:0, 2:0) taslim etgan bo‘lsa, yarim finalning dastlabki bahsida Zinedin Zidan jamoasi bilan durang o‘ynadi.

Qayd etish joiz, Tuxel Zidan Chempionlar Ligasida mag‘lub eta olmagan uch murabbiydan biri hisoblanadi. Bu o‘yinga qadar ular YECHLda 4 bor to‘qnash kelgan, ulardan birida Tuxel g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan uchtasi durang bilan yakun topgandi.

Tuxel «Chelsi»ni yanvar oyining oxirida qabul qilib olgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:32, 28.04.2021.
O'qildi: 2842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.