Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fonseka: «Tanaffusdan keyin biz yo‘q bo‘lib ketdik»

Fonseka: «Tanaffusdan keyin biz yo‘q bo‘lib ketdik»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Paulo Fonseka «Old Trafford»dagi muvaffaqiyatsizlik haqida fikr bildirdi, uning jamoasi Yevropa Ligasi yarim finalida «Manchester Yunayted»ga 2: 6 hisobida yutqazdi.

«Og‘ir mag‘lubiyat. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ammo tanaffusdan keyin biz yo‘q bo‘lib ketdik. Dastlabki 45 daqiqani ajoyib tarzda o‘tkazgan jamoaning ikkinchi bo‘limda qanday qilib shunday o‘ynaganini tushuntirish qiyin.

Albatta, «Manchester Yunayted» kabi jamoalarga qarshi almashtirishsiz o‘ynash qiyin. Har holda, bu yerga yetib kelish ijobiy natija. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizni ham baholashim mumkin. Ammo ikkinchi bo‘limda biz hamma narsani noto‘g‘ri qildik»,- dedi Fonseka.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘limda italiyaliklar jarohati tufayli uchta almashtirishni amalga oshirishdi.

Manba: sky sports
Kiritildi: 04:19, 30.04.2021.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик