Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Klublarning xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar tashkil etildi

Klublarning xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol uchrashuvlari paytida ishtirokchilar, qolaversa stadionga tashrif buyuruvchi ishqibozlar xavfsizligini ta’minlash juda muhim jihatlardan biri sanaladi.

Bunda ayniqsa, klub tizimida faoliyat olib borayotgan Xavfsizlik bo‘yicha ofiserlar o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishlari zarur bo‘ladi.

Klublar xavfsizlik bo‘yicha ofiserlarining xizmat vazifalari, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya etilishini ta’minlash, ayniqsa pandemiya sharoitida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga bag‘ishlab bugun O‘zPFLda Superliga hamda Pro liga klublari xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda O‘FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Seminarda xavfsizlik bo‘yicha ofiserning xizmat vazifalari, ularning o‘yinni xavfsiz va barcha qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tishidagi ahamiyati muhokama etildi. Har bir klub uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionda xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim ekani, o‘yin davomida klub vakili aynan mana shu reja asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ishlashiga kelishib olindi.

Qolaversa, pandemiya sharoitida stadionga tashrif buyuradigan barcha muxlis hamda ishtirokchilar karantin qoidalariga rioya etishi, ijtimoiy masofa saqlashi, shuningdek tibbiy niqobda bo‘lishlarini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlikda ish olib borishga kelishildi. Jarayon O‘FA tomonidan nazorat qilib boriladi. 

 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:39, 01.05.2021.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.