«Roma» bosh murabbiyi Paulo Fonseka «Sampdoriya» bilan o‘yin (0:2) haqida gapirdi.
«Men baribir bir xil tarkibda o‘ynashni ma’qul ko‘raman. Shunchaki futbolchilar suboptimal formada edilar. Jamoaga ishonishda davom etaman. «Roma»ning o‘z nomi bor, biroq u hozir ko‘rinmaydi.
Qiyin vaziyatdamiz, ammo biz uchun mavsum hozirdanoq tugamasligi kerak. Oldimizda hali ham ulkan vazifalar turibdi. Agar biz g‘alaba qozona olmasak, tanqidlarga tayyor bo‘lishim kerak. Barcha futbolchilarga ishonaman», - deydi Fonseka.