Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Real» Niko Pas bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

«Real» Niko Pas bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

«Real» klubi o‘zining rasmiy saytida bayonot e’lon qildi. Madrid klubining ma’lum qilishicha, hujumkor yarim himoyachi Nikolas Pas 2026/2027 yilgi mavsumda ham «Komo» safida to‘p surishni davom ettiradi.

«Qaymoqranglilar» Niko Pasning o‘zi «Komo»da qolishni iltimos qilganini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shu bilan birga, «Real» bir yildan so‘ng futbolchini qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan.

Nikolas Pas «Komo» libosida o‘tkazgan 75 ta o‘yinda o‘z hisobiga 19 ta gol va 17 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi. Nufuzli Transfermarkt portali 21 yoshli argentinalik iqtidor egasini 80 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» A Seriyaning yakunlangan mavsumini to‘rtinchi o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 13:28, 30.06.2026.
O'qildi: 2237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик