Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Rabyo Ronalduni Ilon Maskka o‘xshatdi

Rabyo Ronalduni Ilon Maskka o‘xshatdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarimhimoyachisi Adriyen Rabyo jamoadoshi Krishtianu Ronalduni SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan taqqosladi. 

«Uning muvaffaqiyatlari kaliti mehnat, mehnat va ko‘proq mehnatda. U Tesla rahbari Ilon Maskka o‘xshaydi. Ularning ikkalasi ham qattiq ishlaydi va hech qachon to‘xtamaydi. 

Krishtianuning yonida ishlaganim sababli uning o‘ziga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l ekanligini ko‘ryapman. U, albatta, tabiiy iste’dodga ega, ammo bu yetarli emas. 

Ronaldu tanasini aql bilan boshqaradi. U 36 yoshida yuklamalarni qanday taqsimlashni biladi. Bu — o‘rganib bo‘lmaydigan narsa. Bu ruhiy holat, iroda masalasidir.

Yoshi va charchaganiga qaramay, Ronaldu deyarli barcha bahslarda o‘ynaydi. U bor kuchini sarflaydi. Uning doimiy fidoyiligi — namuna», — deya Rabyoning so‘zlarini keltiradi Alfredo Pedulli. 

Portugaliyalik hujumchi bu mavsumda A Seriyada 30ta o‘yin o‘tkazib, 27ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 12:54, 04.05.2021.
O'qildi: 5217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.